» » Boku—2017. O‘zbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taekvondodan Niyoz Po‘latov olib berdi

Boku—2017. O‘zbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taekvondodan Niyoz Po‘latov olib berdi


Ozarbayjon poytaxti Bokuda davom etayotgan “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston delegatsiyasi yettinchi oltin medalga ega chiqdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Taekvondoning -58 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini Niyoz Po‘latov himoya qildi. U yarim finalda tunislik raqibi ustidan zafar quchdi.

Finalda esa raqib tomon taekvondochisi jarohati borligi sabab, tatamiga chiqishni istamadi. Shu tariqa Po‘latov oltin medal bilan taqdirlandi.

Bunga qadar O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikni yakunlab turgandi. 17-may holatiga ko‘ra esa eronlik sportchilar 10 ta oltin medal bilan O‘zbekistondan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Ozarbayjonlik sportchilar esa peshqadamlik poygasida Turkiyani oldinga o‘tkazib yubordi. O‘zbekistonlik bokschilarning besh nafari yarim finalga yo‘llanma olgani inobatga olinsa, ehtimoliy oltin medallar yordamida O‘zbekiston uchinchi pog‘onani qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют