» » Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Sirdaryo viloyatining salohiyati va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda. Viloyat iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 2017-yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,8 foiz o‘sgan. Uning tarkibida sanoat, kichik biznes, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar ulushi oshgan.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filiali, “Bek” ishlab chiqarish birlashmasi, “Guliston medtexnika”, “Sirdaryo mega lyuks” qo‘shma korxonalari viloyat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda.

Murakkab iqlim sharoitiga qaramay, Sirdaryo dehqon va fermerlari paxta va g‘alladan mo‘l hosil yetishtirmoqda. Meva-sabzavot va poliz mahsulotlaridan qo‘shimcha daromad topmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechiradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют