» » APL. “Yunayted” mavsumni 6-o‘rinda yakunlashi aniq. So‘nggi tur “Arsenal” va “Liverpul” raqobati bo‘ladi

APL. “Yunayted” mavsumni 6-o‘rinda yakunlashi aniq. So‘nggi tur “Arsenal” va “Liverpul” raqobati bo‘ladi


Angliya Premyer-ligasining 34-turidan qolib ketgan ikki uchrashuv kecha — 16-may kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘z maydonida “Vest Bromvich”ni mag‘lub etgan “Manchester Siti” 3-o‘ringa mustahkamroq joylashib oldi. Gvardiola shogirdlari 21-may kuni APLning so‘nggi turini “Uotford” maydonida o‘tkazadi.

Londonning “Arsenal” klubi esa Aleksis Sanchesning dubli evaziga quyi ligaga tushib ketgan “Sanderlend”ni mag‘lub etdi. Mazkur g‘alaba Arsen Venger shogirdlarining mavsumni “Manchester Yunayted”dan yuqorida yakunlashlari masalasini aniq qildi.

37-turdan keyin “Liverpul” hisobida 73, “Arsenal”da esa 72 ochko bor. So‘nggi tur mazkur ikki klubdan qay biri mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashiga oydinlik kiritib beradi.

21-may kuni bo‘lib o‘tadigan 38-turda “Arsenal” futbolchilari “Everton”ni qabul qiladi. “Liverpul” esa o‘z maydonida Chempionship ligaga tushib ketgan “Midlsbro”ga qarshi saf tortadi.

Joze Mourinyo shogirdlari 6-o‘rinni egallaganiga qaramay, Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi mumkin. Buning uchun “Yunayted” Yevropa ligasi finalida “Ayaks”ni taslim qilishi kerak bo‘ladi.

Angliya Premyer-ligasi
34-tur. Qoldirilgan o‘yinlar
16-may, seshanba

Gollar: Aleksis Sanches, 72 (1:0). Aleksis Sanches, 81 (2:0).

Gollar: Gabriel Jezus, 27 (1:0). Kevin de Bryuyne, 29 (2:0). Yaya Ture, 57 (3:0). Xel Robson-Kanu, 87 (3:1).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...