» » Bagama orollaridan samolyot qoldiqlari topildi

Bagama orollaridan samolyot qoldiqlari topildi


AQSh sohil bo‘yi qo‘riqlash xizmati Bagama orollari qirg‘og‘idan samolyot qoldiqlarini topgach, uning yo‘lovchilarini qidirish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

15-may, dushanba kuni Puerto-Rikodan Florida tomon parvoz qilgan MU-2B samolyoti kunduzi Bagama orollari tarkibiga kiruvchi Elyutera orolidan 60 kilometr uzoqlikda radarlardan yo‘qolib qolgan.

Ma’lumotga ko‘ra, samolyot bortida AQShning to‘rt nafar fuqarosi — 40 yoshlardagi ayol, 52 yoshli erkak va ularning 3 va 4 yoshli farzandlari bo‘lgan.

Florida sohil bo‘yi qo‘riqlash xizmati vakili Erik Vudallning so‘zlariga qaraganda, Elyuteraning sharqiy tomonidan 25 kilometr uzoqlikdan topilgan qoldiqlar yo‘qolgan samolyotga tegishli. Voqea joyida qidirish ishlari davom etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют