» » Bugun poytaxt derbisi: “Bunyodkor” — “Paxtakor”. Uni nima uchun tomosha qilish kerak? (video)

Bugun poytaxt derbisi: “Bunyodkor” — “Paxtakor”. Uni nima uchun tomosha qilish kerak? (video)


Bugun —17-may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida 11-tur bellashuvlari start oladi.

Turning birinchi kunida O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Qo‘qonga tashrif buyursa, Toshkentda “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Oliy liga doirasida “qaldirg‘ochlar” va “sherlar” o‘zaro 20 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 8 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmagan. Yetti uchrashuv “Bunyodkor”ning, yana 5 tasi “Paxtakor”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan. To‘plar nisbatiga ustunlik ham “Bunyodkor” tomonida — 24:18.

Ayni vaqtda esa turnir jadvalida “paxtakorchilar”ning ahvoli nisbatan yaxshiroq. “Paxtakor” 14 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, hisobida 10 ochkosi bor “Bunyodkor” 12-o‘rindan joy olgan.

Toshkent derbisi oldidan har ikki klubda ham rahbariyat almashgani, uchrashuvga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib beradi. Mirjalol Qosimov hamda Jasur Abduraimov to‘qnashuvi jamoalar qaysi pog‘onada borayotgan bo‘lsa ham ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Uchrashuvga chiqarilgan chiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotilmoqda. Ularni sektoriga qarab 15 yoki 30 ming so‘mdan xarid qilish mumkin. O‘yin 19:00 da start oladi.

Poytaxt derbisini nima uchun tomosha qilish kerak degan savolga javobni quyidagi videolavhadan olish mumkin.

O‘zbekiston Oliy ligasi
11-tur o‘yini
17-may, chorshanba

Hakam: Hasan Ro‘ziyev

O‘zaro o‘yinlar: 20
“Bunyodkor” g‘alabasi: 7
“Paxtakor” g‘alabasi: 5
Duranglar: 8
“Bunyodkor” gollari: 24
“Paxtakor” gollari: 18

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют