» » “O‘zbekiston madaniy merosi” xalqaro kongress ishtirokchilari Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasiga sayohat qildi (foto)

“O‘zbekiston madaniy merosi” xalqaro kongress ishtirokchilari Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasiga sayohat qildi (foto)


Shu yilning 15-may kuni Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy kongress boshlangani haqida xabar berilgandi. Kongressning ikkinchi kuni Samarqand shahrida davom ettirildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Kongress ishtirokchilari Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasiga sayohat qildi. Bu Samarqand qog‘ozi ishlab chiqaradigan noyob fabrika hisoblanadi. Fabrikada “Kitob san’atida Sharq uyg‘onish davri” deb nomlangan 5-sessiya bo‘lib o‘tishi ta’kidlandi.

Samarqand yaqinidagi “Konigil” qishlog‘i xushmanzara hududda joylashgan. “Meros” fabrikasida qadimiy Samarqand texnologiyalari bo‘yicha qog‘oz ishlab chiqarish an’anasi tiklangan.

Bu yerda qog‘oz ishlab chiqarish qo‘lda amalga oshiriladi va fabrikaga tashrif buyuruvchilar jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Tadbirda Buxoro va Samarqanddan miniatyura ustalari, xattotlar ishtirok etadi va mehmonlarga Sharq yozuvi san’ati hamda nafosatini namoyish etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют