» » Andijonlik Rahmatillo ota O‘zbekiston bo‘ylab piyoda sayohat qilmoqda

Andijonlik Rahmatillo ota O‘zbekiston bo‘ylab piyoda sayohat qilmoqda


Andijon viloyati Andijon tumanidagi Gulobod shaharchasida istiqomat qiluvchi 65 yoshli Rahmatillo Qosimov O‘zbekiston bo‘ylab piyoda sayohat qilmoqda, deb yozadi “Zarnews.uz”.

Bir necha yillar davomida Andijon viloyat musiqa va drama teatrida, tuman madaniyat uylarida qo‘shiqchi-hofiz bo‘lib ishlagan otaxon ayni vaqtda nafaqada. Shunga qaramay, Rahmatillo ota O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, shahar va qishloqlarda qad rostlayotgan zamonaviy bino va inshootlar, keng, ravon ko‘cha va yo‘llarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni, shuningdek, Samarqandga kelib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishni niyat qilib, mamlakat bo‘ylab piyoda aylanib chiqishga qaror qildi.

Sayohatni mashinada ikki-uch kun ichida amalga oshirsam ham bo‘lardi. Ammo shuncha yo‘lni piyoda yurib o‘tishga ahd qildim. Qolaversa, sog‘liq uchun piyoda yurish foydali, asablar mustahkam bo‘lib, tanada qon aylanishi yaxshilanadi. Sekin-sekin yurib, yurtimning barcha go‘zalliklarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchi bo‘ldim.

Rahmatillo Qosimov

Sayohatga ikki oy tayyorgarlik ko‘rildi va 9 aprel – sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan kun yo‘lga chiqdi. Rahmatillo Qosimov Andijondan chiqiboq Farg‘ona, Namangan viloyatlariga qarashli shahar va qishloqlarni aylandi. Otaxon o‘z yo‘lida Toshkent viloyatining Bekobod shahri orqali Sirdaryoni kechib, Sirdaryo viloyatiga o‘tdi. Guliston, Yangiyer shaharlarini tomosha qildi. Jizzax shahrida bo‘ldi. Sangzor daryosi bo‘yida Baxmalning qip-qizil olmalaridan, G‘allaorolning asallaridan totib ko‘rdi.

9-may – “Xotira va qadrlash” kuni arafasida sayohatchi Samarqand shahriga kirib keldi. Bu yerda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan birga, boshqa tarixiy obidalar hamda shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

Borgan sari g‘ayratim oshib bormoqda, qancha yursam, shuncha yosharganday bo‘layapman. Mahdumi A’zam, Imom Buxoriy qadamjolarini ziyorat qilib, Navoiy viloyati tomonga yo‘l olaman. Undan so‘ng Buxoro, Xorazm viloyatlariga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Orol dengizi yoqasidagi Mo‘ynoq shahrigacha borishni rejalashtirganman.

Rahmatillo Qosimov

Keksa sayohatchi Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Shahrisabz, Surxondaryoning Termiz shaharlariga yo‘l oladi. Nihoyat, sayohat yakunida Toshkentning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish niyatida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют