» » Qirg‘izistonda masjidlar soni maktablardan ham ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘izistonda masjidlar soni maktablardan ham ko‘pligi ma’lum bo‘ldi


Qirg‘izistonda masjidlar soni umumta’lim maktablaridan ham ko‘p. Bu haqda Jokorgu Kenesh (“Yuqori Kengash”) xalqaro masalalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi yig‘ilishida mamlakat Din ishlari komissiyasi direktor o‘rinbosari Zokir Cho‘tayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kazinform”.

Cho‘tayevga ko‘ra, sobiq Ittifoq tarqalgan payt Qirg‘izistonda 39 masjid bo‘lgan, hozir ularning soni 2600 tani tashkil etmoqda. Bu esa mamlakatdagi maktablar sonidan ham ko‘p.

“Keyingi yillarda jamiyatda dinning radikallashuvi jarayonlari faollashdi, yoshlar xorijda diniy ta’lim olishga intilmoqda. Ular asosan Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston va Eron diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga ketmoqda. Bu safda hatto 9—14 yoshdagi voyaga yetmaganlar ham borligi kishini tashvishga soladi. Davlat tomonidan bu sohada tegishli ma’lumot va nazoratning yo‘qligi mamlakat milliy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi Qirg‘iziston din ishlari komissiyasi direktor o‘rinbosari.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют