» » 70 yillik yubileyini nishonlayotgan Halima Xudoyberdiyevaga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi

70 yillik yubileyini nishonlayotgan Halima Xudoyberdiyevaga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi


17-may, chorshanba kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyevaning tavalludini 70 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoiraga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi. Mukofotni Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan uning maslahatchisi Xayriddin Sultonov topshirdi va prezident tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, tadbirda ko‘plab yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar, xalq artistlari, davlat arboblari ishtirok etdi. Jumladan Eshqobil Shukur, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Hayotxon Ortiqovalar so‘zga chiqdi. Davrani O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali olib bordi.

Halima Xudoyberdiyevaning muxlislaridan biri Hayot Shodmon shoiraga atab chiqargan “Enadaryo” kitobini sovg‘a qildi. Marosim so‘ngida shoiraning o‘zi so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevga, tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi “Taraqqiyot” jamoa xo‘jaligida tug‘ilgan. 1972-yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlab, mehnat faoliyatini “Saodat” jurnalida boshlagan. Uning “Ilk muhabbat”, “Oq olmalar”, “Chaman”, “Suyanch tog‘larim”, “Bobo quyosh” kabi she’riy to‘plamlari she’riyat ixlosmandlarining sevimli kitobiga aylanib ulgurgan.

Halima Xudoyberdiyeva 1992-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” (1992-yil) unvoni bilan taqdirlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют