» » Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda yengil sanoat, farmatsevtika va tibbiyot buyumlari korxonalari loyihalari bilan tanishtirildi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda yengil sanoat, farmatsevtika va tibbiyot buyumlari korxonalari loyihalari bilan tanishtirildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahridagi Sirdaryo Best Fashion korxonasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Joriy yil mart oyida foydalanishga topshirilgan mazkur korxonada 500 ga yaqin odam ish bilan ta’minlangan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari to‘liq eksport qilinmoqda.

Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi. Zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxona bugun nafaqat viloyat, balki mamlakat miqyosida ham o‘z o‘rniga ega.

Shavkat Mirziyoyevga 2017—2018-yillarda viloyatda yengil sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur haqida ma’lumot berildi. Dasturda bolalar sport kiyimlari, trikotaj va momiq matolar, tayyor gazlama, ip-kalava ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Korxonalar 72 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, ularda 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyevga viloyatda tashkil etilayotgan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar loyihalari haqida ham so‘zlab berildi.

Yangi tashkil etiladigan korxonalarda ishlab chiqariladigan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilinayotgan mahsulotlar o‘rnini bosadi.

Shavkat Mirziyoyev yaratiladigan ish o‘rinlariga kollej bitiruvchilarini keng jalb qilish kerakligini qayd etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют