» » Mikroto‘lqinli pechning siz bilmagan foydali funksiyalari

Mikroto‘lqinli pechning siz bilmagan foydali funksiyalari


Zamonaviy uy bekalari uchun odat bo‘lib qolgan mikroto‘lqinli pech ba’zan foydalanuvchilar qarshisida kutilmagan tomonlari bilan namoyon bo‘ladi. Quyida bu texnikaning oshxona yumushlarini yengillashtiruvchi o‘ziga xos imkoniyatlaridan ba’zilari keltirilgan.

Shakar uzoq vaqt saqlanishi natijasida ajratilishi qiyin bo‘lgan katta bo‘laklarga aylanib qoladi. Bunday shakarni nam salfetkaga joylashtirib pech ichiga 25 soniya qo‘yilsa, u yana avvalgi holatiga qaytadi.

Sharbat qilish uchun tayyorlangan mevalarni mikroto‘lqinli pechga 10 soniya qo‘yib olsangiz — bu mevalardan ko‘proq sharbat olasiz.

Yong‘oqlarni bir tomchi zaytun yog‘i bilan 60 soniya davomida qizdirsangiz, salatlar uchun xushbo‘y, ozuqali masalliq olishingiz mumkin.

Qotgan nonni nam sochiqqa o‘rab pechda 20 soniya qizdirsangiz xuddi yangi pishirilgandek bo‘ladi.

Sarimsoq donalari po‘stini tezroq tozalamoqchi bo‘lsangiz, ularni 15 soniya mikroto‘lqinli pechga qo‘yib oling.

Oshirilgan xamir tezroq ko‘tarilishi uchun uni “suvli hammom” ichiga joylashtiring va pechda 3—4 daqiqa qizdiring. Pechdan chiqarganingizdan 5—6 daqiqa keyin xamir tayyor bo‘ladi.

Endi no‘xat, loviyalarni pishirishdan oldin uzoq vaqt ivitish zaruriyati qolmadi. Ularni suvga solib 10 daqiqa mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va 60 daqiqadan so‘ng taom tayyorlashga kirishsangiz bo‘ladi.

Agar kartoshka, oshqovoq yoki baqlajonlarni 2 daqiqa davomida pechga qo‘ysangiz, ularni tozalash yengillashadi.

Piyozni 1 daqiqa mikroto‘lqinli pechda qizdirsangiz, to‘g‘rash vaqtida ko‘zlaringiz yoshlanmaydi.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют