» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda soya yetishtirishni ko‘paytirish va eksportga yo‘naltirish zarurligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda soya yetishtirishni ko‘paytirish va eksportga yo‘naltirish zarurligini bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Abdug‘ani Turdiboyevich” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi 34 gektar yer maydoniga ega. Shundan 16 gektarida paxta, 15 gektarida g‘alla, 3 gektarida soya yetishtirilmoqda.

Prezidentning “2017-2021-yillarda respublikada soya ekini ekishni va soya doni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilda mamlakatda 2,2 mingdan ziyod fermer xo‘jaligida shartnoma asosida 21 ming gektar maydonga soya ekish ko‘zda tutilgan.

Natijada 33,7 ming tonna soya doni yetishtirilib, 6,1 ming tonna o‘simlik yog‘i hamda 25 ming tonnadan ortiq soya shroti ishlab chiqariladi.

Soya yetishtirishni ko‘paytirish, uni shu yerning o‘zida qayta ishlab, eksportga ham yo‘naltirish choralarini ko‘rish kerak. Soya ekish orqali yer unumdorligini oshirish, soya agrotexnikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash lozim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Davlat rahbari viloyatda bog‘dorchilik, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish loyihalarini ham ko‘zdan kechirdi. Loyihalar bo‘yicha fikrlarini bildirib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda nuroniy otaxonlar bilan muloqot qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 15:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют