» » Shavkat Mirziyoyev va Hasan Ruhoniy bir-birini qutladi

Shavkat Mirziyoyev va Hasan Ruhoniy bir-birini qutladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z qutlovida joriy yilda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilgani, ishbilarmon doiralar o‘rtasida aloqalar jadallashayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlagan.

“Ishonchim komilki, siyosiy irodamiz va umumiy intilishlarimiz bilan ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga va davlatlarimiz salohiyatiga mos darajaga olib chiqamiz”, deb qayd qilingan Mirziyoyevning qutlovida.

Prezident Hasan Ruhoniy qutlovida o‘tgan vaqt davomida mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish yo‘lida salmoqli qadamlar tashlanganini ta’kidladi.

Eron Prezidenti “o‘zaro munosabatlar gullab-yashnashi, ikki mamlakat uchun muhim ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarning har tomonlama rivojlanayotgani samarali va uzoq muddatli natijalar berishi, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlik yanada mustahkamlanishi”ga ishonch bildirgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют