» » O‘zbekiston bo‘ylab sayohat haqida birinchi va bugungi kundagi yagona lyuks-kitob nashr etildi (fotoreportaj)

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat haqida birinchi va bugungi kundagi yagona lyuks-kitob nashr etildi (fotoreportaj)


17-may kuni Toshkentda Global Oil and Gas Uzbekistan Xalqaro ko‘rgazmasi madaniyat dasturi doirasida “Quyoshning 365 kuni” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nashr Dinara&Co nashriyot uyining Welcome to Uzbekistan deb nomlangan to‘plamidagi birinchi kitob sanaladi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonning turizm sohasidagi salohiyatini namoyon etish va jahon hamjamiyati e’tiboriga milliy taomlarga yangicha nigohni taqdim etishdan iborat.

Kitob muallifi Bahriddin Chustiy tomonidan “Tandir ichidan mo‘jiza” deb nomlangan oshpazlik shousi taqdimotning markaziy qismidan joy oldi. Oshpazlar “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining 25 yilligi munosabati bilan ramziy ma’noda tandirda 25 xil taom bilan mehmonlarni siylashdi.

“Quyoshning 365 kuni” – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat haqidagi birinchi va bugungi kunda yagona lyuks-kitob hisoblanib, 50 dan ortiq taom, 200 ta fotosurat, 3000 dan ziyod fotolavha va millionlab mazali shirinliklarni o‘z ichiga oladi. Mualliflar 6 oy davomida sayohatda bo‘lib qadimiy va ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan taomlar, ularni tayyorlagan milliy oshxona qahramonlarini topdi hamda taomlar fotosuratlaridan hayratlanarli durdonalar yaratdi.

Nashr rus va ingliz tillarida taqdim etilgan, o‘zbek tilidagi nashr chop etishga tayyor. Ayni vaqtda dunyoning boshqa tillariga ham tarjima qilinishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют