» » Demokratlar Trampning impichmentini talab qilmoqda

Demokratlar Trampning impichmentini talab qilmoqda


AQSh Kongressi vakillar palatasining Demokratlar partiyasi vakili bo‘lmish a’zosi El Grin prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish taklifini berdi. Bu haqda C-Span telekanali Twitter orqali xabar qildi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti adolatga to‘sqinlik qilgani uchun uning impichmentiga chaqiraman”, — dedi siyosatchi.

Grinning so‘zlariga qaraganda, u mazkur taklifni o‘z manfaatlari yo‘lida ilgari surmayapti.

“AQShda hech kim, shu jumladan prezident ham qonundan ustun tura olmaydi”, — deb tushuntirdi o‘z g‘oyasini deputat.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp uning Rossiya bilan aloqalarini taftish qilayotgan FQB direktori Jeyms Komini ishdan bo‘shatishi jamoatchilik orasida keskin bahslarga sabab bo‘ldi. Grinning taklifi ham shu bahslar bilan bog‘liqdir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют