» » “WannaCry asosan rivojlangan davlatlarda tarqaldi”. Sherzod Shermatov tovlamachi-virus O‘zbekistondagi kompyuterlarga qariyb zarar yetkazmaganini ma’lum qildi

“WannaCry asosan rivojlangan davlatlarda tarqaldi”. Sherzod Shermatov tovlamachi-virus O‘zbekistondagi kompyuterlarga qariyb zarar yetkazmaganini ma’lum qildi


12-may kuni butun dunyo WannaCry tovlamachi-virusi tarqaldi. Virus Windows operatsion tizimidagi kompyuterlarni “egallab olib”, “asir olingan” kompyuterni “ozod qilish” uchun 300 dollar miqdorida tovon puli talab qildi. 15-may holatiga ko‘ra, virus jahonning 150 mamlakatiga tarqalgani aytilmoqda.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab tovlamachi-virus tarqalmoqda. O‘zbekistondagi kompyuterlar ham hujumga uchragan

Virusning harakatini kuzatishga ixtisoslashgan xorijiy saytlar O‘zbekistonda ham WannaCry bilan zararlangan kompyuterlar borligi haqida axborot bergan edi. Toshkentdagi Xalqaro press-klubning 17-may kungi ishida qatnashgan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov yetkazilgan zarar ko‘lami katta emasligini bildirdi.

Vazirlik rahbarining qayd etishicha, mamlakatdagi aksariyat kompyuterlar Windows’ning “qaroqchi” versiyalarida ishlashi shu safar foydaga xizmat qilgan. Lekin “bu maqtanib gapiradigan narsa emas”ligini Shermatovning o‘zi ham tan oldi.

Tan olib aytish kerak, bizda ko‘p kompyuterlar litsenzion axborot vositalaridan ko‘ra har xil krek qilingan tizimlarda ishlaydi. WannaCry esa, e’tibor bergan bo‘lsanglar, litsenziyaga ega bo‘lgan Windows’larda, avtomatik yangilash tizimidagi muammo sabab asosan rivojlangan davlatlarda tarqaldi.

Ko‘proq “piratskiy” Windows’dan foydalanadigan davlatlarda virus unchalik tarqalgani yo‘q. Albatta, bu maqtanib gapiradigan narsa emas. Bu borada hukumatning oldiga qo‘yilgan vazifa bor. Nafaqat davlat ishida ishlatilayotgan, balki barcha kompyuterlarda mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha choralar belgilab olganmiz, bu yo‘nalishda ishlashimiz kerak.

Sherzod Shermatov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют