» » Suriya qo‘shinlari Dayr az-Zavr ostonasida 28 terrorchini yo‘q qildi

Suriya qo‘shinlari Dayr az-Zavr ostonasida 28 terrorchini yo‘q qildi


Suriya qo‘shinlari va ko‘ngillilar otryadlari IShID jangarilarining Dayr az-Zavr shahriga uyushtirgan hujumini qaytardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Jangarilar hukumat qo‘shinlariga harbiy aerodrom yaqinida, shuningdek, al-Makobir va Xay-Muvazzafin kvartallari yaqinida zarba bermoqchi bo‘ldi. Terrorchilar marralarni yorib o‘tish uchun minalashtirilgan zirhli mashinadan foydalanmoqchi bo‘ldi, ammo u qo‘shinlar tomonidan vaqtida yo‘q qilindi.

Otishma chog‘ida 28 terrorchi o‘ldirildi, 30 dan ortig‘i jarohatlandi.

Suriya harbiy-havo kuchlari yer usti qo‘shinlariga ko‘makka yetib kelib, as-Sadra shahri, al-Ma’mil sanoat zonasi va al-Jafra qishlog‘ida jangarilarga aviazarbalar berdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют