» » Trampni “Huquqshunos mallasoch” filmidagi nutqni ko‘chirishda gumon qilishmoqda

Trampni “Huquqshunos mallasoch” filmidagi nutqni ko‘chirishda gumon qilishmoqda


AQSh prezidenti Donald Trampni plagiatda — “Huquqshunos mallasoch” filmi bosh qahramoni Ellen Vudsning nutqini ko‘chirib olishda gumon qilishmoqda. Rolik FallonTonight tok-shousining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Video ikki kun ichida 68 ming “layk” to‘pladi va 44 ming marta ulashildi. Ushbu rolikda filmdan kadrlar namoyish etilib, so‘ng ular Trampning 13-may kuni Liberti universitetidagi (Virjiniya shtati) so‘zlagan nutqiga ulanib ketadi.

Tonight: Trump plagiarized his commencement speech from Elle Woods in Legally Blonde pic.twitter.com/EScE4B02F8

— Fallon Tonight (@FallonTonight) May 16, 2017

O‘z chiqishida AQSh prezidenti talabalarga o‘ziga ishonish va orzu sari intilish muhimligi haqida so‘zlab bergan edi.

Rolik shunday ishlanganki, Trampning so‘zlari deyarli so‘zma-so‘z film qahramonining so‘zlarini takrorlaydi.

“Tramp chiqishining boshini Ellen Vudsdan o‘g‘irgan”, — ma’lum qildi Twitter’dagi sahifa ma’murlari.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют