» » “Shahrixondagi epidemik vaziyat barqarorlashtirildi”. FVV va SSV muzqaymoqdan zaharlanish hodisasi yuzasidan rasmiy axborot berdi

“Shahrixondagi epidemik vaziyat barqarorlashtirildi”. FVV va SSV muzqaymoqdan zaharlanish hodisasi yuzasidan rasmiy axborot berdi


Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 15-may kuni qayd etilgan muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati yuzasidan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) ikki kun o‘tib — 17-may kuni rasmiy axborot berdi.

Mavzuga doir: Andijonda 200 ga yaqin kishi muzqaymoqdan zaharlandi. Asosiy ma’lumotlar

Jabrlanuvchilar. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, 15-may kuni davomida Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi va Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qayt qilish va ich ketishi kabi ovqatdan zaharlanish belgilari bilan 212 nafar fuqaro murojaat qilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa biroz boshqacharoq raqamni keltiradi — 15-may kuni soat 14:30 dan 22:00 gacha bo‘lgan oraliqda 186 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasiga zaharlanish belgilari bilan yordam so‘rab murojaat qilgan.

SSVga ko‘ra, 4 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda bo‘lgani sababli, ular tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan (avvalroq “Kun.uz” 5 kishi reanimatsiya joylashtirilgani haqida xabar bergan edi); muolajalardan so‘ng ahvoli yaxshilangach, ular shu kunning o‘zida umumiy bo‘limga o‘tkazilgan.

FVVning ma’lum qilishicha, statsionar holatda davolanish uchun yotqizilgan 186 bemordan 153 nafariga 17-may kuni soat 8:00 gacha uyiga javob berilgan. Qolgan 33 bemor esa, SSV axboroti bo‘yicha, 17-may kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, shifokorlar nazoratida va “ularning ahvoli ham yaxshilanmoqda”.

Zaharlanishning ehtimoliy manbasi va sabablari. “Bemorlarning barchasi tuman markazida joylashgan ‘Maks’ kafesida muzqaymoq iste’mol qilganini aytdi va kasallanishini shu bilan bog‘ladi”, — deyiladi FVV axborotida. SSV ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilarning bari kasalxonaga murojaatidan bir kun avval — 14-mayda Shahrixon markazidagi qahvaxonada frezerli muzqaymoq tanovul qilgan.

SSV axborotiga ko‘ra, qahvaxonada muzqaymoq sotgan tadbirkorning tadbirkorlik guvohnomasi bo‘lgan, biroq muzqaymoq tayyorlash uchun kerakli ruxsatnomasi bo‘lmagan. U o‘z uyida “noqonuniy ravishda muzqaymoq uchun qorishma tayyorlash sexi tashkil etgan, muzqaymoq tayyorlash jarayonida esa sanitariya talablariga rioya qilmagan”.

Muzqaymoq qorishmalari oziq-ovqat mahsulotlarini tashish mumkin bo‘lmagan plastmassa idishlarda kafega olib kelingan. Muzqaymoq ishlab chiqarishda yaroqlilik muddatlari noma’lum xomashyolardan foydalanilgan. Muzqaymoq uskunasini yuvish va zararsizlantirish uchun sharoit yaratilmagan, dezinfeksiya vositalaridan foydalanilmagan.

Hozirgacha ko‘rilgan choralar. FVVning tasdiqlashicha, Shahrixonda epidemik vaziyatni yumshatish maqsadida 15-maydan Davlat bosh sanitar vrachi — sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari S.Saydaliyev rahbarligida respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan bemorlar iste’mol qilgan muzqaymoq va ichimlik suvi manbalaridan bakteriologik va kimyoviy tahlillar uchun namunalar olingan, ular tekshirilmoqda.

FVVning qayd etishicha, hodisa sabablarini aniqlash maqsadida tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Shahrixon tumanida kuzatilgan epidemik vaziyat alohida nazoratga olinib, barqarorlashtirildi”, — deyiladi SSV axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют