» » Aholining biri boshqasiga zid talab va shikoyatlari, qishloqlarga internetni olib kirishdagi muammolar, Toshkent metrosiga xalal berayotgan teraktlar. AKTV rahbari Sherzod Shermatov jurnalistlar bilan uchrashdi

Aholining biri boshqasiga zid talab va shikoyatlari, qishloqlarga internetni olib kirishdagi muammolar, Toshkent metrosiga xalal berayotgan teraktlar. AKTV rahbari Sherzod Shermatov jurnalistlar bilan uchrashdi


Har qanday mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun davlat rahbarining bevosita tashabbusi katta ahamiyatga ega. Xalqaro press-klubning 17-may kuni Jahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni munosabati bilan tashkil etilgan sessiyasida qatnashgan Ozbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov va Ozbektelekom kompaniyasi bosh direktori Shuhrat Qodirov xuddi shu fikrni maqulladi.

150 yildan ortiq faoliyat korsatib kelayotgan Xalqaro elektraloqa ittifoqi tashkil etilgani sharafiga nishonlanadigan 17-may Jahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni munosabati bilan tashkil etilgan sessiya ishida maruzachilar Ozbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar va istiqboldagi rejalarga atroflicha toxtaldi.

Mavzuga doir:WannaCry asosan rivojlangan davlatlarda tarqaldi. Sherzod Shermatov tovlamachi-virus Ozbekistondagi kompyuterlarga qariyb zarar yetkazmaganini malum qildi

Sherzod Shermatov oz sozi boshidahar qanday mamlakatda AKTni rivojlantirish uchun davlat rahbarining bevosita tashabbusi katta ahamiyatga ega ekanligini alohida takidladi. 2016-yil 24-sentabrda bosh vazir virtual qabulxonasining ishga tushirilishi Shavkat Mirziyoyevning aynan shunday tashabbusi boldi, dedi Shermatov oz sozini dalillab.

Malumotlarga kora, 2016-yilning dastlabki toqqiz oyi davomida Vazirlar Mahkamasiga 19 mingta yozma murojaat tushganbolsa, bosh vazir virtual qabulxonasi ishga tushgach, ikki hafta ichida 25 mingta murojaatqabul qilingan. Hozirgi kunda murojaatlar soni 786 mingga yetgan.

Elektron hukumatni shakllantirish mamlakatning AKT sohasida erishgan asosiy yutuqlaridan biri sifatida etirof etilmoqda. Elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro reytingida Ozbekiston 2014-yili 100-orinni egallagan bolsa, 2016-yilga kelib 20 pogona kotarildi. Reytingdagi osishga qaramay, Ozbekiston telekommunikatsiya sohasida oldinga qadam tashlamagani qayd etildi. Shuni hisobga olgan holda Sherzod Shermatov hozirgi kunda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish asosiy vazifa bolib turganini takidladi.

Asosiy kamchiliklardan yana biri aloqa sifatini taminlash ekanligi alohida qayd etildi. Bugungi kunda keng polosali simli inernetga ulanish darajasi mamlakatda 100 nafar foydalanuvchiga 1,33 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, 4G texnologiyasi Ozbekistonda mavjud 12 mingdan ziyod aholi punktlarining bir foizdan kamrogini qamrab olgan, xolos.

Elektron hukumatni shakllantirish borasida davlat rahbarining tashabbusi samaralari haqida toxtalar ekan, AKTvazirligi rahbari2016-yilningtoqqiz oyi davomida qabul qilingan 19 mingta murojaat va undan keyingi sakkiz oyda kelib tushgan qariyb 800 mingta murojaat ortasidagi farqni qayd etib otdi.

AKTni davlat boshqaruvidagi orniga alohida etibor berilmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalarni Prezident videokameralar orqali kuzatib boradi. Novza koprigining qurilishi bunga yaqqol misol bola oladi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan otkaziladigan videoselektor yigilishlari davlat rahbari tomonidan AKTdan samarali foydalanilayotganini korsatmoqda. Bunda joylardagi rahbarlar ortiqcha vaqt sarfi va moddiy xarajatlardan xalos qilinib, masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga imkon yaratilmoqda.

Sherzod Shermatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Mavzuga doir:Novza koprigi qurilishi 2 daqiqalik videoda

Elektron hukumatni shakllantirishda amalga oshirilayotgan eng asosiy ishlardan yana biri Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalining yangi talqinda ishga tushirilishidir. Yangilangan talqinda ishlay boshlagan Yagona portalining avvalgisidan qanday farqlari bor?Vazirlik rahbarining alohida takidlashicha, talab nisbatan yuqori bolgan xizmatlar yol harakati qoidabuzarliklari boyicha malumot, notarial xizmatlar, biometrik pasport uchun onlayn navbat kabi xizmatlar yangi portaldan orin oladi.

20172021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida elektron parlamentni shakllantirish masalasi ham qayd etib otilgan. AKT vazirligi rahbari bu masalaga toxtalib, hozirgi vaqtda elektron parlamentni shakllantirish boyicha konsepsiya ustida ish olib borilayotganini malum qildi. Elektron parlamentni shakllantirishdan asosiy maqsadqonunlarni ishlab chiqishda va qonunchilik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolar ishtirokini taminlashdir.

Ozbekistondagi internet foydalanvchilarini qiynaydigan masalalardan biriinternet narxining qimmatligi va tezligining pastligidir. 2013-yilda provayderlar uchun tashqi internet kanallariga ulanish narxi 1 Mbit/s uchun 422 AQSh dollarni tashkil qilgan bolsa, tort yil davomida narxlar muntazam pasaytirilib, bugungi kunda 67,85 AQSh dollariga teng. 2016-yilda provayderlar uchun xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 26,5 Gbit/s bolgan bolsa, 2017-yilda esa 65,7 Gbit/sekundga yetdi.

Vazir mavjud holatga izoh berdi. Uning takidlashicha, xalqaro kanallarga ulanish tezligi oshgani sari internet narxi pasayib boradi. Hozirgi kunda xalqaro kanallarni kengaytirish boyicha doimiy ish olib borilmoqda.

Mobil operatorlarning milliy valyutadagi hisob-kitobga otishi bilan bogliq savolga javob bergan Sherzod Shermatov barcha operatorlarga bu masalada tegishli topshiriq berilganini va operatorlar somli tariflarni joriy etishi kerakligini aytib otdi.

Bozor iqtisodiyotini hisobga olgan holda takidlash kerakki, mobil operatorlarining tariflarni hisoblashda xorijiy valyutadan milliy valyutaga otishi narxlarning arzonlashishi yoki qimmatlashishini bildirmaydi, shunchaki bir nominaldan boshqasiga otiladi, deb qoshimcha qildi vazirlik rahbari.

Mamlakatning yetib borish qiyin bolgan uzoq qishloqlari va togli hududlarida internetga ulanish mavjud muammolardan yana biri hisoblanadi. Ozbektelekom kompaniyasi bosh direktori Shuhrat Qodirovning malum qilishicha, yaqin besh yil ichida Ozbekistonning barcha aholi punktlarida internet ishlaydi.

Biroq masalaning boshqa tomoni ham bor. Qishloqlarda elektr energiyasi uzilishi bilan bogliq muammolar hududga aloqa va internetning kirib borishida qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammoni bartaraf etish uchun mobil operatorlar tomonidan baza-stansiyalarini ishlashi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, masalan, quyosh batareyalaridan foydalanishi masalasi ortaga tashlandi.

Bu masalada Sherzod Shermatov ikki jihatga etiborni qaratdi. Birinchidan, bu muammoning juda qimmat yechimi. Ikkinchidan, quyosh panellari ornatiladigan hududdagi mahalliy aholining munosabatini ham hisobga olish kerak. Vazirlik rahbarining takidlashicha, shu vaqtgacha quyosh panellari ornatilgan bazi joylarda odamlar tomonidan qurilmalarga tosh otib, zarar yetkazish holatlari kuzatilgan. Shu jihatdan bu masala ochiq qolmoqda.

Qishloq joylarda aloqa sifatini yaxshilashda mavjud bolgan tosiqlardan biri korsatiladigan xizmatlar uchun xarajatlarning ozini oqlashi masalasi hisoblanadi.

Agar bu masala ijtimoiy loyiha bolsa, uni davlat budjeti hisobidan amalga oshirish mumkin. Men davlat budjetidan telekommunikatsiyani rivojlantirish uchun mablag ajratilganini eslay olmayman. Bazi mamlakatlarda barcha hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan taminlash uchun ijtimoiy loyiha ishlab chiqilib, davlat budjeti hisobidan amalga oshirilgan bolishi mumkin. Bizda maktablar, qishloq vrachlik punktlari kabi ustunroq mavqedagi masalalar bor. Shuning uchun qishloqlarni yuqori tezlikdagi internet bilan taminlash uchun davlat budjetidan mablag ajrata olmaymiz. Bu borada ishlar olib borilmoqda va tez orada hal qilinadi.

Sherzod Shermatov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Internet sifatini va tezligini yaxshilash borasidagi bahsli masalalardan biri mobil operatorlar baza-stansiyalarining nurlanish darajasibolib turibdi. Vazirning aytishicha, Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan shikoyatlar orasida kop qavatli uylar tomiga ornatilgan baza-stansiyalarining odamlar salomatligiga salbiy tasiri qilishi haqida shikoyatlar bor.

Shikoyatlar yuzasidan chora korish uchun baza-stansiyalar olib tashlanganidan song, aholi aloqa va internet sifatining yomonlashgani haqida shikoyat qiladi.Shuni hisobga olgan holda, Sherzod Shermatov bu masalani hal qilishda jamoatchilik bilan ishlash va baza-stansiyalarining aholi salomatligiga qanday tasiri borligini togri tushuntirish kerakligini qayd etdi.

Ssesiya davomida Toshkent metrosiga aloqa va internetni olib kirish masalasi ham muhokama qilindi. Bu borada muhokamalar olib borilgan. Biroq dunyoning turli mamlakatlari metropolitenlarida yuz berayotgan teraktlar xavfsizlik masalasini dolzarb qilib qoymoqda.

Sherzod Shermatov vazirlik rahbari sifatidagi ozining dastlabki 100 kunlik ishi haqida fikr bildirar ekan, faoliyatidan qoniqish hissi yoqligini aytib otdi. Sohada mavjud muammo va kamchiliklarni organib chiqish hamdaularning yechimlarini izlab topish borasida kop ishlash kerakligi vazirning dastlabki 100 kunlik faoliyatidan qoniqmasligiga sabab bolmoqda.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (18-05-2017, 03:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 10) ( 0) ( 8) ( 2)
:
-
:
20 ... -