» » Aholining biri boshqasiga zid talab va shikoyatlari, qishloqlarga internetni olib kirishdagi muammolar, Toshkent metrosiga xalal berayotgan teraktlar. AKTV rahbari Sherzod Shermatov jurnalistlar bilan uchrashdi

Aholining biri boshqasiga zid talab va shikoyatlari, qishloqlarga internetni olib kirishdagi muammolar, Toshkent metrosiga xalal berayotgan teraktlar. AKTV rahbari Sherzod Shermatov jurnalistlar bilan uchrashdi


Har qanday mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun davlat rahbarining bevosita tashabbusi katta ahamiyatga ega. Xalqaro press-klubning 17-may kuni — Jahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni munosabati bilan tashkil etilgan sessiyasida qatnashgan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov va “O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktori Shuhrat Qodirov xuddi shu fikrni ma’qulladi.

150 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xalqaro elektraloqa ittifoqi tashkil etilgani sharafiga nishonlanadigan 17-may — Jahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni munosabati bilan tashkil etilgan sessiya ishida ma’ruzachilar O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar va istiqboldagi rejalarga atroflicha to‘xtaldi.

Mavzuga doir: “WannaCry asosan rivojlangan davlatlarda tarqaldi”. Sherzod Shermatov tovlamachi-virus O‘zbekistondagi kompyuterlarga qariyb zarar yetkazmaganini ma’lum qildi

Sherzod Shermatov o‘z so‘zi boshida har qanday mamlakatda AKTni rivojlantirish uchun davlat rahbarining bevosita tashabbusi katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi. “2016-yil 24-sentabrda bosh vazir virtual qabulxonasining ishga tushirilishi Shavkat Mirziyoyevning aynan shunday tashabbusi bo‘ldi”, — dedi Shermatov o‘z so‘zini dalillab.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida Vazirlar Mahkamasiga 19 mingta yozma murojaat tushgan bo‘lsa, bosh vazir virtual qabulxonasi ishga tushgach, ikki hafta ichida 25 mingta murojaat qabul qilingan. Hozirgi kunda murojaatlar soni 786 mingga yetgan.

Elektron hukumatni shakllantirish mamlakatning AKT sohasida erishgan asosiy yutuqlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro reytingida O‘zbekiston 2014-yili 100-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2016-yilga kelib 20 pog‘ona ko‘tarildi. Reytingdagi o‘sishga qaramay, O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasida oldinga qadam tashlamagani qayd etildi. Shuni hisobga olgan holda Sherzod Shermatov hozirgi kunda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish asosiy vazifa bo‘lib turganini ta’kidladi.

Asosiy kamchiliklardan yana biri aloqa sifatini ta’minlash ekanligi alohida qayd etildi. Bugungi kunda keng polosali simli inernetga ulanish darajasi mamlakatda 100 nafar foydalanuvchiga 1,33 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, 4G texnologiyasi O‘zbekistonda mavjud 12 mingdan ziyod aholi punktlarining bir foizdan kamrog‘ini qamrab olgan, xolos.

Elektron hukumatni shakllantirish borasida davlat rahbarining tashabbusi samaralari haqida to‘xtalar ekan, AKT vazirligi rahbari 2016-yilning to‘qqiz oyi davomida qabul qilingan 19 mingta murojaat va undan keyingi sakkiz oyda kelib tushgan qariyb 800 mingta murojaat o‘rtasidagi farqni qayd etib o‘tdi.

AKTni davlat boshqaruvidagi o‘rniga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalarni Prezident videokameralar orqali kuzatib boradi. “Novza” ko‘prigining qurilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkaziladigan videoselektor yig‘ilishlari davlat rahbari tomonidan AKTdan samarali foydalanilayotganini ko‘rsatmoqda. Bunda joylardagi rahbarlar ortiqcha vaqt sarfi va moddiy xarajatlardan xalos qilinib, masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga imkon yaratilmoqda.

Sherzod Shermatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Mavzuga doir: Novza ko‘prigi qurilishi — 2 daqiqalik videoda

Elektron hukumatni shakllantirishda amalga oshirilayotgan eng asosiy ishlardan yana biri — Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalining yangi talqinda ishga tushirilishidir. Yangilangan talqinda ishlay boshlagan Yagona portalining avvalgisidan qanday farqlari bor? Vazirlik rahbarining alohida ta’kidlashicha, talab nisbatan yuqori bo‘lgan xizmatlar — yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha ma’lumot, notarial xizmatlar, biometrik pasport uchun onlayn navbat kabi xizmatlar yangi portaldan o‘rin oladi.

2017—2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida elektron parlamentni shakllantirish masalasi ham qayd etib o‘tilgan. AKT vazirligi rahbari bu masalaga to‘xtalib, hozirgi vaqtda elektron parlamentni shakllantirish bo‘yicha konsepsiya ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Elektron parlamentni shakllantirishdan asosiy maqsad — qonunlarni ishlab chiqishda va qonunchilik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolar ishtirokini ta’minlashdir.

O‘zbekistondagi internet foydalanvchilarini qiynaydigan masalalardan biri — internet narxining qimmatligi va tezligining pastligidir. 2013-yilda provayderlar uchun tashqi internet kanallariga ulanish narxi 1 Mbit/s uchun 422 AQSh dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, to‘rt yil davomida narxlar muntazam pasaytirilib, bugungi kunda 67,85 AQSh dollariga teng. 2016-yilda provayderlar uchun xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 26,5 Gbit/s bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda esa 65,7 Gbit/sekundga yetdi.

Vazir mavjud holatga izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, xalqaro kanallarga ulanish tezligi oshgani sari internet narxi pasayib boradi. Hozirgi kunda xalqaro kanallarni kengaytirish bo‘yicha doimiy ish olib borilmoqda.

Mobil operatorlarning milliy valyutadagi hisob-kitobga o‘tishi bilan bog‘liq savolga javob bergan Sherzod Shermatov barcha operatorlarga bu masalada tegishli topshiriq berilganini va operatorlar so‘mli tariflarni joriy etishi kerakligini aytib o‘tdi.

“Bozor iqtisodiyotini hisobga olgan holda ta’kidlash kerakki, mobil operatorlarining tariflarni hisoblashda xorijiy valyutadan milliy valyutaga o‘tishi narxlarning arzonlashishi yoki qimmatlashishini bildirmaydi, shunchaki bir nominaldan boshqasiga o‘tiladi”, — deb qo‘shimcha qildi vazirlik rahbari.

Mamlakatning yetib borish qiyin bo‘lgan uzoq qishloqlari va tog‘li hududlarida internetga ulanish mavjud muammolardan yana biri hisoblanadi. “O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktori Shuhrat Qodirovning ma’lum qilishicha, yaqin besh yil ichida O‘zbekistonning barcha aholi punktlarida internet ishlaydi.

Biroq masalaning boshqa tomoni ham bor. Qishloqlarda elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq muammolar hududga aloqa va internetning kirib borishida qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammoni bartaraf etish uchun mobil operatorlar tomonidan baza-stansiyalarini ishlashi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, masalan, quyosh batareyalaridan foydalanishi masalasi o‘rtaga tashlandi.

Bu masalada Sherzod Shermatov ikki jihatga e’tiborni qaratdi. Birinchidan, bu muammoning juda qimmat yechimi. Ikkinchidan, quyosh panellari o‘rnatiladigan hududdagi mahalliy aholining munosabatini ham hisobga olish kerak. Vazirlik rahbarining ta’kidlashicha, shu vaqtgacha quyosh panellari o‘rnatilgan ba’zi joylarda odamlar tomonidan qurilmalarga tosh otib, zarar yetkazish holatlari kuzatilgan. Shu jihatdan bu masala ochiq qolmoqda.

Qishloq joylarda aloqa sifatini yaxshilashda mavjud bo‘lgan to‘siqlardan biri ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun xarajatlarning o‘zini oqlashi masalasi hisoblanadi.

Agar bu masala ijtimoiy loyiha bo‘lsa, uni davlat budjeti hisobidan amalga oshirish mumkin. Men davlat budjetidan telekommunikatsiyani rivojlantirish uchun mablag‘ ajratilganini eslay olmayman. Ba‘zi mamlakatlarda barcha hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun ijtimoiy loyiha ishlab chiqilib, davlat budjeti hisobidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Bizda maktablar, qishloq vrachlik punktlari kabi ustunroq mavqedagi masalalar bor. Shuning uchun qishloqlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun davlat budjetidan mablag‘ ajrata olmaymiz. Bu borada ishlar olib borilmoqda va tez orada hal qilinadi.

Sherzod Shermatov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Internet sifatini va tezligini yaxshilash borasidagi bahsli masalalardan biri mobil operatorlar baza-stansiyalarining nurlanish darajasi bo‘lib turibdi. Vazirning aytishicha, Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan shikoyatlar orasida ko‘p qavatli uylar tomiga o‘rnatilgan baza-stansiyalarining odamlar salomatligiga salbiy ta’siri qilishi haqida shikoyatlar bor.

Shikoyatlar yuzasidan chora ko‘rish uchun baza-stansiyalar olib tashlanganidan so‘ng, aholi aloqa va internet sifatining yomonlashgani haqida shikoyat qiladi. Shuni hisobga olgan holda, Sherzod Shermatov bu masalani hal qilishda jamoatchilik bilan ishlash va baza-stansiyalarining aholi salomatligiga qanday ta’siri borligini to‘g‘ri tushuntirish kerakligini qayd etdi.

Ssesiya davomida Toshkent metrosiga aloqa va internetni olib kirish masalasi ham muhokama qilindi. Bu borada muhokamalar olib borilgan. Biroq dunyoning turli mamlakatlari metropolitenlarida yuz berayotgan teraktlar xavfsizlik masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda.

Sherzod Shermatov vazirlik rahbari sifatidagi o‘zining dastlabki 100 kunlik ishi haqida fikr bildirar ekan, faoliyatidan qoniqish hissi yo‘qligini aytib o‘tdi. Sohada mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganib chiqish hamda ularning yechimlarini izlab topish borasida ko‘p ishlash kerakligi vazirning dastlabki 100 kunlik faoliyatidan qoniqmasligiga sabab bo‘lmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 05:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют