» » Chempionlikka bir qadam: “Selta”ni mag‘lub etgan “Real” La liga peshqadamiga aylandi

Chempionlikka bir qadam: “Selta”ni mag‘lub etgan “Real” La liga peshqadamiga aylandi


Madridning “Real” klubi noqulay ob-havo sharoiti sabab o‘z vaqtida o‘tmagan 21-turni 17-may kuni o‘tkazdi va Vigoda “Selta” ustidan yirik g‘alabaga erishdi.

Zidan shogirdlaridan Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bo‘lsa, Benzema hamda Kroos o‘z hisobiga 1 tadan gol yozib qo‘ydi — 4:1. Mazkur g‘alaba “Qirollik klubi”ni turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqdi.

“Real” so‘nggi turni 21-may kuni “Malaga” maydonida o‘tkazadi. Undan 3 ochko kam to‘plagan “Barselona” esa shu kuni o‘z maydonida “Eybar”ni qabul qiladi. Madrid klubi Malagada 1 ochkoni qo‘lga kiritsa ham, besh yil kutilgan chempionlikni nishonlaydi.

Ispaniya La ligasi
21-tur. Qoldirilgan o‘yin
17-may, chorshanba

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 10 (0:1). Krishtianu Ronaldu, 48 (0:2). Yon Gvidetti, 69 (1:2). Karim Benzema, 70 (1:3). Toni Kroos, 88 (1:4).
Chetlatish: Yago Aspas, 62 (S).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют