» » “PSJ”ning 4 yillik hukmronligidan keyin “Monako” 8-marta Fransiya chempioniga aylandi

“PSJ”ning 4 yillik hukmronligidan keyin “Monako” 8-marta Fransiya chempioniga aylandi


Fransiya chempionatining 31-tur qoldirilgan o‘yinida “Monako” jamoasi o‘z maydonida “Sent-Etyen” futbolchilarini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mamlakat chempionati yakunlanishiga 1 tur qolganiga qaramay, “Monako” mazkur g‘alaba orqali Fransiya chempionligini rasmiylashtirdi. Uchrashuvda Kilian Mbappe va Valere Jermen o‘z nomini tabloga yozdirdi. 37 turdan keyin Leonardo Jardim shogirdlari 92 ochkoga ega bo‘lib, eng yaqin ta’qibchisi “PSJ”dan 6 ochkoga ilgarilab ketdi.

“Monako” so‘nggi bor 17 yil avval, 1999/2000-yilgi mavsumda mamlakat chempionligini qo‘lga kirigan. Jamoa o‘z tarixida 8-marta Fransiya chempioniga aylandi. Bungacha monegasklar 1960/61, 1962/63, 1977/78, 1981/82, 1987/88, 1996/97, 1999/00-yilgi mavsumlarda g‘olib chiqqandi.

Qayd etish joiz, so‘nggi 4 yil davomida Parijning “PSJ” klubi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritib kelayotgandi.

Bundan tashqari, Leonardo Jardim qo‘li ostidagi jamoa YChL yarim finaliga qadar yetib borishga muvaffaq bo‘ldi. “Monako” yarim finalning ikki o‘yinida (0:2, 1:2) Italiyaning “Yuventus” klubidan yengildi.

Mavzuga doir: Buffon futbol o‘ynashni boshlaganida hali dunyoga kelmagan Mbappe otasi tengi odamga gol urdi

Fransiya chempionati yakunlariga ko‘ra, “Monako” ustozi eng yaxshi murabbiy, klub hujumchisi Kilian Mbappe eng yaxshi yosh futbolchi, jamoa posboni Daniyel Subashich eng yaxshi darvozabon deb tan olindi.

Fransiya chempionati
31-turning qoldirilgan o‘yini
17-may, chorshanba

Gollar: Mbappe, 19 (1:0). Jermen, 90 (2:0)

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют