» » Shimoliy Koreyada qanday avtomobillardan foydalanishadi? (fotogalereya)

Shimoliy Koreyada qanday avtomobillardan foydalanishadi? (fotogalereya)


Shimoliy Koreyada haligacha mashinalar deyarli yo‘q. Bunday hashamat faqat hukmron elita va davlat xizmatchilariga nasib qiladi — mamlakatda avtomobil bilan ta’minlanganlik darajasi sayyoradagi eng past ko‘rsatkichga teng: bu yerda 1000 nafar aholiga 0,22 ta mashina to‘g‘ri keladi, deb yozadi “Quto.ru”.

Avtomobil egasi bo‘lish uchun qandaydir noodatiy ishni amalga oshirish kerak (shunda oliy rahbariyatdan avtomobilni sovg‘a sifatida olish mumkin). Shimoliy koreyaliklarga chet ellik qarindoshi ham yordam berishi mumkin. Ammo bu holda badavlat qarindoshlar bir yo‘la ikkita mashina olib kelishi kerak — ikkinchisi davlat ehtiyojlari uchun topshiriladi.

Yopiq mamlakat avtoparkining asosini yengil mashinalar emas, yuk mashinalari, qishloq xo‘jalik texnikasi va boshqa utilitar transport tashkil etadi.

Jamoat transporti asosan 60—70-yillarda chiqarilgan va bosgan masofasi juda katta bo‘lgan “Karos” va “Shkoda”, shuningdek, “Ikarus”lardan iborat.

Shimoliy Koreya elitasining eng sevimli markasi hamisha Mercedes-Benz bo‘lib kelgan. Bu mashinalarni ommaviy tarzda sotib olish 60—70-yillarda boshlangan. 80-yillarda esa muhandislar Mercedes-Benz 190E konstruksiyasini o‘rganib chiqdi va minimal o‘zgartirishlar bilan uning nusxasi — Kaengsaeng 88 mashinasini yaratdi.

Shimoliy Koreyada 50-yillardan buyon faoliyat olib boruvchi Sungri motor plant korxonasi hozirgi kungacha Achimkoy (“Tonggi gul”) modelini chiqarib keladi, u Sobiq ittifoqning M-20 “Pobeda” avtomobili to‘liq nusxasidir.

90-yillarda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ochilgan Pyeongwa Motors kompaniyasi Xitoyning litsenziyali Brilliance avtomobillarini, Italiyaning Fiat’i nusxalarini va Dandong Shuguang yo‘ltanlamaslarini ishlab chiqaradi. Yiliga yuzlab, juda kam hollarda esa minglab avtomobil ishlab chiqarilsa-da, ularni Vyetnamga ham eksport qilishni uddalashadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют