» » OAV: Amerikalik harbiylar Rossiya chegaralari yaqinidagi mashg‘ulotlarda muzlab ketgan

OAV: Amerikalik harbiylar Rossiya chegaralari yaqinidagi mashg‘ulotlarda muzlab ketgan


Arktika uchun moslashtirilgan formali kiyim-kechak yaqinda Norvegiyada bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida amerikalik harbiylarga pand berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Mart boshida Rossiya-Norvegiya chegarasi yaqinida bo‘lib o‘tgan Joint Viking 2017 mashg‘ulotlarida ikki yuzga yaqin AQSh dengiz piyodalari qatnashdi. Ularning aslaha-anjomlari minus 45 darajadan past haroratga yaxshi chidam bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Shvetsiyaning qishki harbiy kiyim ishlab chiqaradigan Torraka firmasi vakili Yonas Raydem aytishicha, amerikalik harbiylar uchun kiyim tayyorlovchilar qattiq sovuqda tanadan chiqayotgan namlik kiyim qavatlarida muzlab qolishini hisobga olmaydi.

Amerikalik harbiylar Norvegiyada boshqa muammolarga ham duch kelgan. Chunonchi, ustki kiyimning choklari so‘kilgan, molniyalar o‘tmay qolgan, oyoq kiyimlar chang‘ining mahkamlovchi moslamalaridan chiqib ketgan, plastik ryukzaklar esa yorilgan.

General-mayor Nil Nelson bunday kamchiliklarning barchasi hisobga olinishini aytdi. “12 yil cho‘lda bo‘lganimizdan keyin, endi bizni boshqa darslar kutmoqda. Biz cho‘l uchun a’lo kiyim-kechaklarni yaratdik, ammo ular manfiy haroratga bardosh berolmaydi”, — deya e’tirof etdi u.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют