» » Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti aholi soniga nisbatan qotillik eng yuqori bo‘lgan mamlakatni ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti aholi soniga nisbatan qotillik eng yuqori bo‘lgan mamlakatni ma’lum qildi


Dunyo bo‘yicha aholi soniga nisbatan qotillik eng yuqori foiz Gondurasda qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 100 ming aholiga 85,7 qotillik to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Tashkilot hisobotida ma’lum qilinishicha, “reyting” ikkinchi o‘rnidan Salvador (100 ming kishiga 63,2 qotillik), uchinchi o‘rnidan Venesuela (51,7) joy oldi. Ro‘yxat o‘nligiga asosan Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari — Kolumbiya (48,8), Beliz (37,2), Gvatemala (36,2), Yamayka (35,2), Trinidad Tobago (32,8), Braziliya (30,5) va Dominikan Respublikasi (30,2) kirdi.

“Lotin Amerikasida qotillik darajasi dunyoning boshqa hududlariga qaraganda ancha yuqori. Dunyo aholisining atigi o‘n foizi yashasa-da, dunyo qotilligining to‘rtdan bir qismi Amerikada sodir bo‘ladi deb aytish mumkin”, — deyiladi hisobotda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют