» » Dunyoning sayyohlar eng yomon tarzda kutib olinadigan joylari reytingi tuzildi

Dunyoning sayyohlar eng yomon tarzda kutib olinadigan joylari reytingi tuzildi


Britaniyaning The Independent nashri turli sabablarga ko‘ra, sayyohlarni yaxshi kutib olmaydigan sakkizta joy ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat tuzuvchilar qanday mezonlarni hisobga olgani noma’lum.

Sayohatchilarga nisbatan eng iltifotsiz joy deb nashr AQShning Arlington (Texas shtati) shahrini qayd etdi. 2015-yildayoq Stratos Jets charter tashuvchisi 37 mingta geoteglarni tahlil qilib chiqib, shaharda sayyohlarga munosabat AQShdagi eng yomoni deb topgan edi.

Ikkinchi o‘rinda Italiyadagi Chinkve-Terre milliy bog‘i egalladi, u YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiradi. 2016-yilda hukumat qarori bilan tabiiy qo‘riqxona hududiga kirish pulli bo‘ldi. 2015-yil yozida bog‘ga 2,5 million kishi tashrif buyurgan, o‘tgan yili esa sayohatchilar soni 1,5 milliondan oshishi bilan, Chinkve-Terrega tashrifni butunlay taqiqlab qo‘yishdi.

Reytingning uchinchi pog‘onasini Gretsiyaning Santorini oroli egalladi. O‘tgan yili orol ma’muriyati mahalliy portga kirayotgan kruiz laynerlari soni haddan tashqari ko‘payib ketganini ma’lum qildi. Har kuni bu yerga dengiz orqali 10 ming sayohatchi kirib kelgan. Kelayotgan yozda hukumat ushbu raqamni sakkiz mingtagacha kamaytiradi.

Shuningdek, ro‘yxatga Yaponiyadagi onsen issiq buloqlari, Amsterdam, Barselona, Butan hamda Tailandning Ko-Kay oroli kirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют