» » O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida “Bilim almashish dasturi” doirasida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida “Bilim almashish dasturi” doirasida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida Knowledge Sharing Program — “Bilim almashish dasturi”ning katta maslahatchisi Yon Kon Chin boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya tashrifi chog‘ida 2016–2017-yillarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan “Bilim almashish dasturi” doirasidagi loyihalar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik hamkori ekanligi, hamda mazkur vastur doirasida qo‘shma loyihalarni O‘zbekiston tomoni bilan amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etishi Koreya delegatsiyasi tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikka e’tiborni kuchaytirgan holda o‘zaro munosabatlarni hamda 2017–2018-yillarga mo‘ljallangan yangi loyihalarning amalga oshirilishini faollashtirishga kelishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Bilim almashish dasturi” Janubiy Koreya tajribasi asosida hamkor davlatlarga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni takomillashtirish bo‘yicha ko‘mak berish maqsadida Koreya Respublikasi hukumati tomonidan joriy qilingan. Ushbu dastur doirasida loyihalar hamkor mamlakat tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ushbu yo‘nalishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobotni tayyorlash orqali amalga oshiriladi.

2004-yildan boshlab dastur doirasida o‘zaro hamkorlikda eksport siyosatini rivojlantirish, innovatsion tizimni takomillashtirish, erkin industrial-iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari sektoroini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish, sohalarni budjet tomonidan moliyalashtirishni takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlarda 20 dan ziyod qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют