» » 11 yoshli xaker IT-konferensiyada o‘nlab telefonlarga buzib kirdi va ayiqchadan nur tarattirdi

11 yoshli xaker IT-konferensiyada o‘nlab telefonlarga buzib kirdi va ayiqchadan nur tarattirdi


Yosh xaker butun dunyodan yig‘ilgan IT-ekspertlar qarshisida nutq so‘zlayotib, “aqlli” ayiqchaga xakerlik hujumi uyushtirish usulini ko‘rsatib berdi hamda ayiqchani nur taratib, zaldagi ovozni yozib olishga “majbur qildi”, deb yozadi Mashable.

Amerikalik 11 yoshli Ruben Pol har qanday qurilma xakerlar uchun nishonga aylana olishini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. “Aeroportlardan avtomobillargacha, smartfonlardan aqlli uylargacha — barchasi buyumlar internetining bir qismi bo‘lishi mumkin. Va Terminatordan tortib, o‘yinchoq ayiqchagacha — barchasini qurolga aylantirish mumkin”, — dedi Pol.

Shundan so‘ng oltinchi sinf o‘quvchisi deyarli har bitta zamonaviy gadjetda Bluetooth’li priyomnik bo‘lishi, ko‘pincha u eng zaif nuqta bo‘lib xizmat qilishini aytdi.

Raspberry Pi kompyuteri yordamida yosh mutaxassis zaldagi qurilmalarni skanerladi va o‘nlab smartfonlar raqamlaridan iborat ro‘yxatni qo‘lga kiritdi. So‘ng xaker raqamlardan biriga ulandi va audioni yozib oldi, keyin esa uni tomoshabinlarga o‘yinchoq yordamida eshittirdi.

O‘z chiqishi effektini oshirish uchun Pol o‘yinchoq ayiqcha ichiga joylashtirilgan fonarchani ham yoqdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют