» » Yangi Zelandiyada halokatli zilzila qachon yuz berishi aniqlandi

Yangi Zelandiyada halokatli zilzila qachon yuz berishi aniqlandi


Geofiziklar xalqaro guruhi yaqin o‘n yillikda Yangi Zelandiyada halokatli zilzila yuz berishini prognoz qildi, deb yozadi Nature jurnali.

Mutaxassislar Alp yorig‘idagi harorat va bosim avval kutilganidan ancha yuqori ekanligini aniqlagach, shunday xulosaga keldi. O‘rtacha olganda, yoriq ichkarisiga kirishda harorat har bir kilometrda Selsiy bo‘yicha 125 darajaga oshib boradi.

Bunday ekstremal ko‘rsatkichlar yoriq hududida sayyora qa’ridan materiya transporti amalga oshirilayotganidan darak beradi, bu esa 8,0 dan yuqoriroq magnitudali zilzilani keltirib chiqarishi mumkin.

Alp yorig‘i bilan bog‘liq eng kuchli zilzila 1717-yilda, tog‘ jinslari qariyb 400 kilometrlik maydonda siljigan vaqtda sodir bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют