» » Toshkentda avtobuslarga ventilyatorlar ornatiladi

Toshkentda avtobuslarga ventilyatorlar ornatiladi


2017-yilning 17-may kuni Toshshahartransxizmat AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Xolmatov raisligida jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari ishtirokida navbatdagi videoselektor yigilishi bolib otdi. Bu haqdaToshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yigilishda X.Xolmatov 2017-yilning 12- va 13-may kunlari otkazilgan yigilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi togrisida har bir avtobus korxonasi rahbarining hisobotini tingladi. Avtobus korxonasi rahbarlariga ishni tubdan yaxshilash va fidokorona mehnat qilib ozini korsatish uchun rahbarlarga berilgan 10 kunlik muddatdan 5 kuni otib ketganini, otgan vaqt davomida sezilarli ozgarishlar bolmaganini tanqid qildi.

Toshshahartransxizmat AJ tizimida ijobiy ozgarishlar qilish va aholining roziligini olish uchun avtobus korxonalari rahbarlariga berilgan on kunlik muddatdan 5 kuni qolganligini takidlab, otgan 5 kun davomida ishni yaxshi tomonga ozgartirmagan rahbarlarni ogohlantirdi. 3-avtobus saroyi MChJ direktorining tasarruf boyicha orinbosari oziga berilgan toprishiqlarning bajarilishida masuliyatsizlikka yol qoyganligi, oz kasbiga sovuqqonlik bilan yondashganligi, avtobus haydovchilari ortasida tushuntirish ishlarini yetarlicha olib bormagani va mehnat intizomini susaytirib yuborgani uchun uni egallab turgan lavozimidan ozod etish taklifi berildi.

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Germaniyadan keltirilgan 1,95 million yevrolik original ehtiyot qismlar jamiyatning Toshavtotamirxizmat UK tomonidan qabul qilib olingani va ushbu ehtiyot qismlarni uzoq muddatdan buyon toxtab turgan avtobuslarga qoyib, yonalishlarda harakat muntazamligini kotarish boyicha korxona rahbarlariga va mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining togridan-togri tushishi oldini oladigan hamda korinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) ornatish, jazirama kunlarda yolovchilarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasini ornatish boyicha avtokorxona rahbarlari mutasaddi xodimlarga vazifalar berdi.

Yigilishda yana bir masala korib chiqildi va unga kora oziga yuklatilgan vazifalarni oz vaqtida bajarmasdan masuliyatsizlikka yol qoyganligi uchun Toshshahartransxizmat AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar boyicha orinbosari M.Valiyevni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi berildi.

Toshshahartransxizmat AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Xolmatov tomonidan yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda shahar yolovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan ozgartirish, sohani rivojlantirish boyicha har bir xodim fidoyilik, halollik va sadoqat bilan mehnat qilishi lozimligini takidladi.

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (18-05-2017, 11:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -