» » OAV: Fransiyaning yangi prezidenti saylovoldi va’dalarini buzishga ulgurdi

OAV: Fransiyaning yangi prezidenti saylovoldi va’dalarini buzishga ulgurdi


Majburiyatlarini bajarishga bir necha kun avval kirishgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron saylovoldi va’dalarini buzishga ulgurdi. Bu haqda Le Figaro nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

17-may, chorshanba kuni Fransiyada rasman yangi hukumat tarkibini e’lon qilindi. Unga 22 kishi ( 11 erkak va shuncha ayol) kirgan bo‘lib, 18 nafari vazir, 4 nafari esa davlat kotibi lavozimini egalladi. 

Makron esa mart oyida televideniyedagi chiqishi chog‘ida uning mahkamasida “nari borsa 15 kishi” bo‘lishini bildirgandi. 

Shuningdek, Makron aprelda Twitter’dagi sahifasi orqali davlat rahbari etib saylangan taqdirda ayollar huquqi bo‘yicha vazirlik tuzishi va bu masala “Besh yillik milliy muammo” darajasiga ko‘tarilishini ma’lum qilgandi.

Hozirda esa prezident ayollar va erkaklar teng huquqliligi bo‘yicha kotibiyat ta’sis etish bilan cheklandi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют