» » Dubayda bugun 90 foizlik chegirmalar festivali bo‘lib o‘tadi

Dubayda bugun 90 foizlik chegirmalar festivali bo‘lib o‘tadi


Shoping festivali bilan mashhur Birlashgan Arab Amirliklarida 90 foizlik chegirmalar bilan mingdan ortiq do‘kon ishtirok etuvchi uch kunlik festival boshlanishi haqida e’lon qilindi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.

Festival Turizm va Tijorat marketingi departamenti tomonidan tashkil etilgan va u 30 foizdan 90 foizgacha “diskaunt”ni taklif etuvchi 250 dan ortiq turli brendni o‘z ichiga oladi.

Bu kabi aksiyalar eskirgan kolleksiyalarni “sotib yuborish”ni hukumat tomonidan nazorat qilish tashabbusi doirasida bir yil davomida bir necha marta o‘tkaziladi. Endi do‘konlar ombordagi eski buyumlarni tushurib, katta chegirmalar haftasini e’lon qila olmaydi: buning uchun mashhur Dubai Shopping Festival’dan tashqari yiliga bir nechta hafta ajratiladi.

Bu chora do‘konlar “yolg‘on chegirmalar”ni amalga oshirmasligi uchun qaratilgan. Aksiyada ishtirok etayotgan mashhur brendlardan quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: Guess, Iddesign, Steve Madden, Kurt Geiger, Roberto Cavalli, Galeries Lafayette, Furla, Balmain, Garage, Toms, Birkenstock, Nine West.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют