» » O‘zbekistonda gaz qazib olish 2022-yilgacha 53,5 mlrd kubga ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda gaz qazib olish 2022-yilgacha 53,5 mlrd kubga ko‘paytiriladi


O‘zbekiston 2017—2021-yillarda gaz qazib olishni 53,5 milliard m?, neft qazib olishni — 1,9 milliard tonna va gaz kondensati qazib olishni esa — 1,1 million tonnaga ko‘paytirmoqchi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” Toshkentdagi Global Oil&Gas Uzbekistan 2017 ko‘rgazmasidagi materiallarida ma’lum qildi, deb yozadi “Review.uz”.

Bunday parametrlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan, 2017—2021-yillarda mamlakatda uglevodorod xomashyosi qazib olishni ko‘paytirish dasturida belgilangan.

Bunday dasturni qabul qilish zarurati shu bilan izohlanadiki, O‘zbekistonda neft qazib olish so‘nggi yillarda keskin kamaygan.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda suyuq uglevodorodlar qazib olish 2,2 marta — 2002-yildagi 7,24 million tonnadan 2012-yilda 3,17 million tonnagacha; neft xomashyosini qazib olish 2,6 marta — 1,56 million tonnagacha kamaygan. 2013-yil va undan keyingi yillar uchun rasmiy ma’lumotlar hozircha oshkor qilinmagan.

Qazib olish kamayib ketishining sababi — amaldagi konlarda zaxiralar tugashi.

O‘zbekistondagi ushbu vaziyatdan chiqib ketish uchun uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют