» » Fitnes: endi boshlagan sportchilar uchun maslahatlar

Fitnes: endi boshlagan sportchilar uchun maslahatlar


Fitnes — muvaffaqiyatli va go‘zal ayol hayotining ajralmas qismi. Eng asosiysi — mashg‘ulotlar uchun vaqt topish va tuzilgan grafikka rioya qilish. Fitnesni o‘z grafigingizga qo‘sha bilish va mashg‘ulotlardan huzur olishni o‘rganish uchun maqolani o‘qib chiqing.

Fitnes — xobbi emas. Boshidan shuni tushunib olingki, mashg‘ulotlar muntazam bo‘lishi kerak va ularni o‘tkazib yuborish mumkin emas, axir shu tariqa siz orqaga qadam tashlaysiz. Sizning fitnes bilan shug‘ullanishingiz natijasi asosan ketma-ket olib borilgan mashg‘ulotlar soniga bog‘liq.

Vaqt yetishmasligidan tashvishlanmang. Mashg‘ulotlar o‘rtacha haftasiga 3—4 soat vaqt oladi, bunda har bitta mashg‘ulotga bir soatdan to‘g‘ri keladi. Buning ustiga, zamonaviy texnologiyalar aerobika va kuch ishlatiladigan mashg‘ulotlarni birlashtiradi, va atigi 30 daqiqa talab qiladi, axir buyog‘iga siz bunday sur’atga bardosh bera olmaysiz. Shunday ekan, dadilroq harakat qilib, sport zaliga yoziling va boshqa bahona axtarmang.

Telefonni o‘chirib qo‘ying. Fitnes dastlab irodali bo‘lishni talab qiladi, ammo keyin u odat tusiga kiradi. Mashg‘ulotning ayni o‘rtasida dugonalar bilan chaqchaqlashish yoki ijtimoiy tarmoqlarga chalg‘ish — unchalik yaxshi fikr emas, va bu jismoniy qiyofangiz yaxshilanishiga yordam bermasligi aniq. Fitnes-klubdagi mashg‘ulotlar chog‘ida telefonni, yaxshisi kiyinish xonasidagi javoningizda qoldiring, uydagi mashg‘ulotlarda esa — ovozini o‘chirib qo‘ying.

O‘zingizni maqtang. Tasavvur qiling, bir oy davomida muntazam sport bilan shug‘ullandingiz. Tabiiyki, siz maqtovga loyiq bo‘ldingiz. O‘zingiz uchun yangi kiyim yoki kosmetika vositasini sotib oling, undan ham yaxshisi — sport bilan bog‘liq biror narsa, masalan, chiroyli krossovka xarid qiling.

Rejalashtiring. Ehtimol bu zerikarli bo‘lib tuyular, ammo rejalashtirishsiz, muhim ishlarga vaqt qolmasligi mumkin. Kundalik tuting va oldindan kun tartibi tuzib, mashg‘ulotlar va vaqt talab qiladigan boshqa ishlarni unga kiriting. Bunday kun tartibi asta-sekinlik bilan sizga kelajakka boqish imkonini beradi, bu esa faqat sportga emas, boshqa vaziyatlarga ham taalluqli.

Huzur qiling. Boshida mashg‘ulotlar qiyin kechishi mumkin, biroq 1,5—2 oydan so‘ng bu sizga yoqa boshlaydi. Gap shundaki, nafas olishning tezlashuvi baxt gormonlari deb ataluvchi endorfinlar ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atadi. Shuning uchun mashg‘ulotdan 5—10 daqiqa o‘tib, siz kuch va xursandchilik quyilib kelayotganini his qilasiz.

Manba: “Lady.tochka.net”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют