» » Fotogalereya: Juda qimmat turuvchi oddiy buyumlar

Fotogalereya: Juda qimmat turuvchi oddiy buyumlar


Dunyodagi turli kompaniyalar mijozlariga ma’qul kelish maqsadida ko‘plab noodatiy buyumlarni ishlab chiqarishga tayyor. Masalan, ular millionerlarga eng oddiy buyumlarni juda katta narxda taklif qilishadi.

AdMe kundalik hayotda har kim ham ishlatadigan buyumlarning millionerlar uchun ishlab chiqarilgan variantini taqdim etdi.

Uglerod tolalaridan qo‘l mehnati yordamida yasalgan hojatxona o‘rindig‘i.

Goldstriker kompaniyasiga tegishli ushbu naushnik 24 karatli brilliantdan ishlangan.

Falke kompaniyasi ushbu jun paypoqdan 10 juftgina ishlab chiqargan. Paypoq Janubiy Amerikada yashovchi tuyasimon hayvon (vikunya) junidan to‘qilgan. Ushbu hayvonning juni dunyoda eng noyob va qimmat hisoblanadi.

Bu oshxona pichog‘ini Nesmuk kompaniyasi ishlab chiqargan bo‘lib, uning har bir millimetri juda qimmat. Pichoqning tig‘i uglerod po‘latidan, uning dastasi Kareliya oq qayinidan, asosi esa kumushdan ishlangan.

Germaniyaning Faber-Castell kompaniyasi o‘zining tug‘ilgan kuniga oddiy toshqalam ishlab chiqardi. Qalamning o‘zi kedr daraxtidan ishlangan, uning qalpoqchasi esa oq oltindan yasalgan bo‘lib, uchta brilliant bilan bezatilgan.

Angliyaning Liverpul shahridan bo‘lgan zargar Styuart Xyus ushbu telefonni qo‘l mehnati yordamida 24 karatli oltindan yasagan.

Zafirro kompaniyasi ushbu ustarani meteorit qoldiqlari tarkibidagi metalldan ishlagan. Tig‘i oq yoqutdan, boltchalari esa platinadan yasalgan.

Toilet Paper Man kompaniyasi 24 karatli oltindan hojatxona qog‘ozini ishlab chiqardi.

Ushbu choynak oltindan yasalgan va 1500 dona brilliant hamda 500 dona yoqut bilan bezatilgan.

Brilliant ko‘zi bor uzuk emas, brilliantdan yasalgan ushbu uzuk Shawish kompaniyasiga tegishli.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют