» » “Ikkimizdan jinoyatchi — sensan”. Alisher Usmonov Aleksey Navalniyga videomurojaat yo‘lladi

“Ikkimizdan jinoyatchi — sensan”. Alisher Usmonov Aleksey Navalniyga videomurojaat yo‘lladi


Milliarder Alisher Usmonov “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ida muxolifatchi Aleksey Navalniyga qaratilgan 12 daqiqali videmurojaatni joylashtirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Murojaat Usmonovning Navalniyga qarshi sud da’vosiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning ko‘rib chiqilishi 18-may, payshanba kuniga belgilangan.

Rolikda Usmonov Navalniyga “sen”lab murojaat qilgan va dastlab muxolifatchining u qamalib chiqqanligi haqidagi so‘zlariga izoh bergan. Milliarderga ko‘ra, sobiq Ittifoq paytida u chindan ham qamoqda o‘tirgan, biroq Navalniydan farqli ravishda, uning sudlangani olib tashlangan. 

“Ikkimizdan jinoyatchi — sensan”, deydi shu munosabat bilan Usmonov. 

Shuningdek, muxolifatchining milliarder Rossiyada soliq to‘lamasligi haqidagi da’vosini rad etib, o‘tgan yilning o‘zida 2,7 milliard rubl soliq to‘laganini bildirgan. 

Alisher Usmonov qachondir kimgadir pora berganini inkor etgan va Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurash fondini bunday tekshiruvlarni “chuqurroq o‘tkazish”ga chaqirdi.

Usmonov Navalniyga o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlar uchun kechirim so‘rash va “xotirjam yashash”ni taklif etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей...