» » AQShning BMTdagi vakili: Venesuelada Suriyadagi vaziyat takrorlanishi mumkin

AQShning BMTdagi vakili: Venesuelada Suriyadagi vaziyat takrorlanishi mumkin


Qo‘shma Shtatlar Venesuelaga nisbatan BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan choralar ko‘rilishiga intilayotgani yo‘q. Bu haqda AQShning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili Nikki Xeyli kengashning tartibsizliklar davom etayotgan mamlakatdagi vaziyatga bag‘ishlangan yopiq yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Biz Xavfsizlik kengashi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarni kutayotganimiz yo‘q. AQSh Venesueladagi vaziyatga e’tibor qaratish va Amerika davlatlari tashkilotini mamlakatdagi inqirozni bartaraf etish bo‘yicha yanada qat’iy urinishlarga undash uchun kengash yig‘ilishini chaqirdi. Vensueladagi vaziyat o‘zgargani yo‘q, aksincha, yomonlashib boryapti”, — deya ta’kidladi doimiy vakil. 

Nikki Xeyliga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat Venesuela prezidenti Nikolas Maduro “o‘z xalqi huquqlarini hurmat qilishi”ga erishishi lozim. Aks holda, mamlakatdagi vaziyat Suriya ssenariysi bo‘yicha davom etishi mumkin. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют