» » Samarqand aeroportida 2 500 dona ov quroli gilza kapsulalarini olib kirishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

Samarqand aeroportida 2 500 dona ov quroli gilza kapsulalarini olib kirishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi


O‘zbekiston Respublikasi hududiga maxsus ruxsatnomasiz qurol yarog‘, o‘q-dori va ularning qismlarini olib kirish taqiqlangan. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti xodimlari mazkur tartiblarga bo‘ysunishni istamagan, Vnukova—Samarqand yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.Rahimovning huquqbuzarligini fosh qildi. Bu haqda Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu shaxsga tegishli bagaj bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan 2 turdagi 2 500 dona ov quroli gilzasi kapsulalari yashirincha olib kirilayotganligi aniqlandi.

Viloyat ekspert-kriminalistika bo‘limi ekspertlari xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.Rahimovdan huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 2 ming dona sariq rangli kapsula (piston)lar ov o‘q-dori turiga kirmasligi, taqdim etilgan holida ov patronlar qismi hisoblanishi, shuningdek, 500 (besh yuz) dona allyumin rangli kapsula(piston)lar plastmassa gilzalarga qo‘yib foydalanish uchun mo‘ljallanganligi, mazkur kapsyullar foydalanish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Samarqand shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining 2017-yil 2-maydagi qaroriga muvofiq, fuqaro A.Rahimov huquqbuzarlik holatini sodir etgan deb topilib, unga qonunchilikda belgilangan ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan jami 2 500 dona gilza kapsulasi davlat foydasiga musodara qilingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют