» » Chimyon MDHning eng ommaviy tog‘ kurortlari beshligiga kirdi

Chimyon MDHning eng ommaviy tog‘ kurortlari beshligiga kirdi


MDH davlatlarining yozda faol dam olish mo‘ljallangan eng ommaviy tog‘ kurortlari qatorida Chimyon ham bor. Bu haqda “TurStat” tahliliy agentligi ma’lumotlariga tayanib, “Anons.uz” xabar bermoqda. 

Faol dam olish tog‘ sayri (trekking), jipping, tog‘ velosipedlari va kvadrotsikllar, otda sayr, SPA-muolajalar va fitnesni o‘z ichiga oladi. 

Rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur MDH davlatlari tog‘ kurortlari beshligiga Chimbuloq (Qozog‘iston), Shohtog‘ (Ozarbayjon), Saxkadzor (Armaniston), Chimyon (O‘zbekiston) va Qorako‘l (Qirg‘iziston) kirdi.

Dam olishning eng kam sarf qilinadigan varianti, yashash va oziq-ovqat xarajatlarini hisobga olganda, Chimyon va Qorako‘lga to‘g‘ri keldi (sutkasiga 70 dollargacha). Shohtog‘da bu ko‘rsatkich sutkasiga 90, Saxkadzorda esa 80 dollarni tashkil etadi. Sayyohlar uchun Chimbuloqda dam olish eng qimmatga tushadi (sutkasiga 100 dollardan ortiq). 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют