» » Duxovkada kartoshka fri tayyorlaymiz

Duxovkada kartoshka fri tayyorlaymiz


Qip-qizil qilib yog‘da qovurilgan kartoshkani sevmaydiganlar bo‘lmasa kerak? Lekin hammamiz ham bu taomning organizm uchun unchalik foydali emasligini va uni tez-tez yeyish zararli ekanligini yaxshi bilamiz.

Kartoshka frini an’anaviy usullardan boshqacharoq qilib tayyorlash ham mumkin. Bu taomni kamroq yog‘ solib, duxovkada pishirsa ham bo‘ladi.

Zarur masalliqlar:

Avvalo ziravorli yog‘ni tayyorlaymiz.

Buning uchun chuqur idishga keraklicha yog‘ni, qirg‘ichda qirilgan sarimsoqni solamiz. Tuz va paprikani ham solib aralashtiramiz.

Kartoshkani po‘stidan tozalaymiz va somon shaklida to‘g‘raymiz.

To‘g‘ralgan kartoshkani quritamiz va ustidan ziravorli yog‘ni quyamiz.

Ziravorli yog‘ kartoshka bo‘laklariga bir tekisda tarqalishi uchun qo‘llarimiz bilan yaxshilab aralashtiramiz.

Maxsus patnisga pergament to‘shaymiz va uning ustiga kartoshkani joylashtiramiz.

Kartoshka bo‘laklari bir-biriga tegib turmasa shirinroq chiqadi.

Ularni oldindan 200?C gacha qizdirilgan duxovkada 20—25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyorlanish vaqti kartoshkaning qanday qalinlikda kesilishiga bog‘liq.

Duxovkada pishirilgan xushbo‘y va mazali kartoshka fri tayyor, yoqimli ishtaha!

Manba: “Delo vkusa”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют