» » O‘zbek olimlari mevalarning yangi navlarini yaratmoqda

O‘zbek olimlari mevalarning yangi navlarini yaratmoqda


O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazida 2017—2021-yillarda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi, deb yozadi O‘zA.

Markaz olimlari tomonidan mevalar va uzumning 150 dan ortiq yangi navi yaratildi. Shaftolining “Uchqun”, “Gulnoz”, “Istiqbol” “Hilola”, olxo‘rining “Yarxi”, tog‘olchaning “Muxtor”, “Maysara” va “Hosilot” navlari shular sirasidandir. Bog‘bonlar mazkur navlarni ekib, mo‘l hosil olmoqda. Olmaning 60 foizdan ko‘prog‘i, nokning qariyb 50 foizi, uzumning 43 foizi, qulupnayning 90 foizi, yong‘oqning 90 foizini O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan navlar tashkil qiladi. Bugungi kunda institut olimlari yaratgan 11 meva turining 24 xil navi Davlat nav sinash komissiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, intensiv bog‘larni kengaytirish maqsadida aniq manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda mamlakatda 32 ming 400 gektar yerda ana shunday bog‘lar tashkil qilingan. Joriy yilda yana 13 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar barpo etiladi.

Mazkur bog‘larning afzalliklari bugungi kunda amalda namoyon bo‘lmoqda. Intensiv bog‘lar ikkinchi yildayoq hosilga kiradi. Pakana olma ko‘chatining bir tupi to‘liq hosilga kirganda 50-60 kilogramm meva beradi. Ularning ildizi tuproq yuzasiga yaqin joylashgani sababli suvga talabchan. Shuning uchun tomchilatib sug‘orish tizimiga o‘tkazilsa, yaxshi o‘sib, tez rivojlanadi.

Hozir ilmiy-ishlab chiqarish markazi olimlari yaratgan yigirma to‘rt xil meva va uzum navi hamda ulardan yuqori hosil yetishtirish texnologiyalari dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklarida 179,1 ming gektardan ortiq maydonda qo‘llanilmoqda. Eng yaxshi sanoatbop navlar mazkur markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilgan bo‘lib, ular Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Vengriya, Polsha, Ruminiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют