» » Ingliz tilini o‘rganishning yetti qoidasini bilmoqchimisiz?

Ingliz tilini o‘rganishning yetti qoidasini bilmoqchimisiz?


Ingliz tilini tez va oson o‘rganishning juda ko‘plab qoidalari ishlab chiqilganligi bor gap. Lekin ularning barchasi hammaga birdek to‘g‘ri kelavermaydi. Buning sababi turli yosh va toifadagi insonlarning notekis qiziqishlari bo‘lsa ajab emas. Bu talablarni hisobga olgan “Registon” o‘quv markazining tajribali ingliz tili o‘qituvchisi Mo‘minov Nizomiddin o‘zining ajoyib dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur sizga ingliz tilini o‘rganishingiz uchun dasturulamal bo‘la oladi deb hisoblaymiz.

Avvalo, tajribali o‘qituvchimizning o‘zi haqida ma’lumot bersak maqsadga muvofiq bo‘lardi. Nizomiddin Mo‘minov, ingliz tilini deyarli barcha yo‘nalishlarida o‘qitish bo‘yicha 12 yildan oshiq ilmiy tajriba va amaliyotga ega mutaxasis hisoblanadi. U bakalavr darajasini O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida imtiyozli diplom bilan tamomladi. So‘ng IELTS imtihonini topshirib, 8.5 daraja oldi. Bunday yuqori ball bilan magistraturani grant asosida Polsha davlatidagi ikki oliygohda; Varshava hamda Adam Miskiyevich Universtitetlarini almashinuv dasturi bo‘yicha muvaffaqiyatli tugatdi. Ko‘plab xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etib, bir qancha mavzularda ilmiy ishlarini e’lon qildi.

Hozirda “Registon” o‘quv markazida ingliz tilining barcha yo‘nalishlarida, jumladan; CEFR (B1, B2, C1, C2), PRE-IELTS, IELTS, BUSINESS ENGLISH hamda so‘zlashuv kurslarini o‘zgacha uslubda olib bormoqda va ko‘zga ko‘rinarli natijalarga ham erishdi. Jumladan, ustozning shogirdlari MDIST, WIUT, Turin politexnika (TPUT), Inha (IUT) oliygohlari hamda xorijiy davlatlarda mavjud oliygohlarda ta’lim olmoqdalar.

CEFR darajasi hozirgi kunda O‘zbekistondagi chet tillarni bilish darajasini aniqlash milliy tizimi bo‘lib, bu bo‘yicha ustozning o‘z uslublari mavjud. Hozirgacha ko‘plab talaba va o‘qituvchilarni shu mezonlar asosida tayyorlab keladi. CEFR darajasini olish imtihonlarida ustozning shogirdlari har doim muvaffaqiyatli o‘tadi.

Rule № 1: Learn phrases not individual words. – So‘zlarni yakka holda yod olmasdan, ularni ibora birikma holda o‘rganing! So‘zlarni ibora ko‘rinishida o‘zlashtirish ancha samaraliroq hisoblanadi.

Rule № 2: Practise grammar with many examples/exercises. – Grammatik qoidalarni ko‘plab misol va namunalar bilan mashq qilish hamda ularni voqelik bilan qo‘llash orqali tilni tez va oson o‘rganish mumkin!

Rule №3: Listening is one of the best tactics. — Eshitish eng zo‘r taktikalardan biridir. Inson tug‘ilibdiki, go‘daklik chog‘idan faqat eshitib o‘rganadi.

Rule №4: Everything you listen to you must repeat it again and again. – Ingliz tilida eshitilgan har bir narsani qayta-qayta takrorlash zarur, kamida bir hafta har kuni yoki undan ham ko‘proq.

Rule №5: Make up a story for chosen topic vocabulary and try to retell it! – Tanlangan mavzuga oid so‘zlar ishtirokida hikoya hamda voqealar tuzing va ularni tizimli ravishda gapirishga harakat qiling!

Rule №6: Use real English material. – Asl ingliz darslik materiallaridan foydalanish. Xalqaro miqyosda tan olingan top ingliz tili darsliklari: MacMillan, Cambridge (vocabulary and grammar in use, IELTS practice test 1-12), Oxford, Barrons, English vocabulary in use, English collocation in use and etc.

Rule №7: Start by using, listening to and answering different types of mini-stories/short texts. Describing pictures and situations. – Turli xil kichik hajmdagi matn yoki hikoyalarni tinglab, ular asosida savol-javob mashqlarini bajarish hamda rasm va voqeliklarni ingliz tilida tasvirlash orqali tez va oson tilni o‘rganish mumkin.

Enjoy your English learning. REMEMBER: Nothing is impossible!

Yoz faslida ingliz tilini o‘rganishni niyat qilgan bo‘lsangiz, unda ajoyib qoidalar muallifi bo‘lgan Mo‘minov Nizomiddinning guruhlariga yoziling!

Ro‘yxatdan 1-iyungacha o‘ting va qo‘shimcha darslarni o‘z hisobingizga yozib qo‘ying. Qo‘shimcha darslar yakshanba kunlari o‘zgacha uslubda o‘tiladi. Haqiqiy inglizcha muhitni birgalikda yaratamiz hamda bu muhitda tilni tez va oson o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.

Barcha ingliz tili o‘rganuvchilarini taklif etaman!

Mr Nizomiddin

“Registon” o‘quv markazida til o‘rganish quyidagi maxsus bosqichlarda olib boriladi:

“Registon” o‘quv markazi til o‘rganuvchilar sinov asosida o‘z jamoasiga qabul qiladi. www.registonstudy.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan bog‘laning!

“Registon” nodavlat ta’lim markazi
Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65A-uy
Mo‘ljal: Farhod bozori, “O‘zbegim taomlari”
Telefon: (+998-93) 536-27-00, (+998-90) 952-27-00

Chilonzor filiali:
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 6/1-uy
Mo‘ljal: Turon bank, “Chilonzor” metro bekati
Telefon: (+998-94) 602-33-44, (+998-90) 356-20-04

Reklama huquqi asosida

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют