» » Texasda qafasidan qochib chiqqan qoplon maymunni o‘ldirdi

Texasda qafasidan qochib chiqqan qoplon maymunni o‘ldirdi


Texasdagi Abilin shahridagi hayvonot bog‘ida 2016-yildan beri Luna va Estrella laqabli opa-singil qoplonlar yashamoqda. Ular bu yerga Dallasdagi hayvonot bog‘idan bir yoshga to‘lganida keltirilgan, deb xabar berdi National Geographic.

2017-yilning 15-may kuni erta tongda Estrella o‘zining to‘siqlar bilan o‘ralgan maydonidan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hayvonot bog‘i ochilishiga bir soat borligi sabab, odamlardan hech kimga zarar yetmagan. Qoplonning qochishi 10 daqiqa davom etdi: mutaxassislar tezda hayvonni trankvilizator yordamida uxlashtishga erishdi va u o‘z joyiga qaytarildi.

Biroq shu qisqa vaqt ichida yirtqich o‘zining ov ko‘nikmalarini qo‘llashga erishgan: u yaqinida joylashgan koati turidagi Ba laqabli maymunga hujum qilgan. Estrella unga jiddiy jarohat yetkazgani sabab, veterinarlar uni qutqarib qola olmadi.

19 yoshli Ba Abilin hayvonot bog‘ida ancha yillardan beri yashar edi: u yoshligida kontrabandachilardan musodara qilingan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyati voqea yuzasidan tergov boshlagan: yosh qoplon qanday qilib o‘ralgan hududdan qochib chiqqani haligacha noma’lum.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют