» » Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar

Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar


Bolajak onalar har doim qanday oziq-ovqatlar istemol qilayotgani togrisida oylashi kerak, chunki ayollar homiladorlik davrida oziq-ovqatlarning nafaqat tamini, balki uning bolaga yetkazishi mumkin bolgan foydasi va zararini ham hisobga olishiga togri keladi. Kopchilik ayollarda Homilador ayollar uchun qanday oziq-ovqatlar eng foydali? degan savol paydo boladi.

Sizga homiladorlik davrida oziq-ovqatlar tanlashni biroz bolsa-da yengillashtirish maqsadida biz bolajak onalar uchun eng foydali bolgan oziq-ovqatlar royxatini tuzdik.

Sabzi:homiladorlik paytida eng foydali sabzavot. Sabzi meda-ichak yollari faoliyatini yaxshilaydi. Uning tarkibida katta miqdorda karotin, E, C vitaminlari, B, K va PP guruhiga mansub vitaminlar mavjud. Bu foydali moddalar bolaning azolari shakllanishiga yordam beradi. Bu sabzavot meda yarasi, meda osti bezi muammolari va meda-ichak yollari yalliglanishlari bolgan ayollarga tavsiya qilinmaydi.

Shirin bulgor qalampiri:shifobaxsh xususiyatlarga ega, shilliq qavatlar holatini yaxshilashga yordam beradi va tomirlarni mustahkamlaydi. Qalampir tarkibidagi foydali moddalar homilador ayolning suyaklarini mustahkamlaydi va bolaning suyaklari shakllanishiga yordam beradi. Bu sabzavot tarkibidagi C, E, PP va P vitaminlari teri holatini yaxshilaydi. Efir yoglari, oqsil va beta-karotin esa immunitetni oshiradi.

Ismaloq:bu sabzavot homilador ayollarda bola tushish xavfini kamaytirishda, homiladorlik toksikozida va kamqonlikning oldini olishda yordam beruvchi foli kislotasi (A, B9 va E vitaminlari)ga juda boy.

Pomidor:juda toyimli va kaloriyasi past bolgan bu sabzavot tarkibida hujayralarni erkin radikallardan himoya qilishda yordam beruvchi va noyob hisoblanuvchi likopin moddasi mavjud.

Banan:bu meva tarkibida kraxmallar soni kopligi va kaloriyasi baland bolishiga qaramasdan shifokorlar undan voz kechishni tavsiya qilishmaydi. Banan tarkibida homila uchun eng foydali elementlar mavjud, bular rux va kaliy.

Olma:bu meva meda-ichak yollari faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, meda suyuqligi ajralishini kopaytiradi, kongil aynishini yoqotadi. Olmada homila rivojlanishiga yordam beruvchi koplab temir, marganets, magniy, fosfor va kaliy moddalari bor.

Suli:undagi kop miqdorda vitaminlar va minerallar homiladorlikning yaxshi otishini taminlaydi. Murakkab uglevodlar modda almashishini tezlashtiradi.

Jigarrang guruch:guruchning bu turi organizmda oq guruchga qaraganda uzoqroq hazm boladi, shuning uchun homiladorlar uzoq vaqtgacha toqlik hissini saqlab qolishadi.

Tabiiy yogurt:uning tarkibida suyaklar va mushaklar, shuningdek boshqa muhim azolar shakllanishi uchun zarur bolgan katta miqdorda kalsiy va oqsillar mavjud. Yogurtdagi foydali bakteriyalar meda-ichak yollari faoliyatini yaxshilaydi va foydali moddalarning homilaga yetib borishini tezlashtiradi.

Qattiq va zararsizlantirilgan pishloq:koplab oqsillar va proteinlardan tashkil topgan bolsa ham bunday pishloqlarning kaloriyasi pastdir.

Dengiz baligi:bunday baliqlarning losos, sardina, skumbriya, anchous, forel, seld kabi turlarida bolaning bosh miyasi rivojlanishi uchun zarur bolgan yogli Omega-3 kislota, oqsil va fosfor juda kop.

Tuxum:tarkibida kaloriyasi past bolgan katta miqdorda proteinlar, bolaning yurak-tomir tizimi rivojlanishiga yordam beruvchi B guruh vitaminiga mansub rux va selen moddalari mavjud.

Gosht(mol goshti, kurka goshti, tovuq toshi): ular tarkibida koplab temir, foydali hayvon proteinlari, rux, B guruh vitaminlari bor.

Manba: Lady.tochka.net

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (18-05-2017, 17:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -