» » Konor Makgregor Meyvezer bilan jang qilishga rozi, endi amerikalik bokschining roziligi kerak

Konor Makgregor Meyvezer bilan jang qilishga rozi, endi amerikalik bokschining roziligi kerak


Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt UFC jangchisi Konor Makgregor va sobiq bokschi Floyd Meyvezer o‘rtasida boks qoidalari asosida jang tashkil etish bo‘yicha irlandiyalik sportchi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi, deb yozadi “Olamsport”.

Konor bilan kelishuv tayyor. Endi Meyvezerning jamoasi bilan muzokarani boshlaymiz. Bu bilan jang aniq bo‘ladi, deya olmayman. Lekin Makgregor bilan kelishuvga erishdik. Bu – ishning yarmi bajarildi, degani. Endi Meyvezerning maslahatchisi va shaxsan Floydning o‘zi bilan kelishib olsak bo‘lgani.

Dana Uayt, UFC prezidenti

Avvalroq bir necha oy davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar jang o‘tkazish bo‘yicha ko‘p millionli kelishuvga erishgani, biroq bu rasman imzolanmagani haqida xabar berilgandi.

Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar UFC chempioni bokschilik litsenziyasini olganidan keyin paydo bo‘ldi. Irlandiyalik jangchi Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olish istagini bildirgandi.

Keyinroq Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uchun har ikki sportchiga 25 million dollardan to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi, biroq har ikki sportchi taklifni jiddiy qabul qilmadi. Shundan so‘ng Dana Uayt mazkur bellashuv irlandiyalik jangchining UFC bilan shartnomasi yakuniga yetsagina bo‘lib o‘tishini aytdi.

Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Zlatan Ibrahimovich Makgregor va Meyvezerni shifoxonaga jo‘natishga va’da berdi

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Makgregor faoliyatini 2008-yilda boshlagan. Shu vaqtgacha u 23 ta jang o‘tkazib, 20 tasida (17 tasida nokaut bilan) zafar quchgan va 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Irlandiyalik ikki (yengil va yarim yengil) vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan birinchi jangchi sifatida tan olindi. Keyinroq u yarim yengil vaznda chempionlik kamaridan mahrum etilgandi.

2015-yili bokschilik faoliyatini tugatgan 39 yoshli Floyd Meyvezer professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan. U beshta vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют