» » San’at muzeyida “XXI asrda muzey fondlarini saqlash: yangi amaliyot va texnologiyalar” mavzusidagi trening boshlandi

San’at muzeyida “XXI asrda muzey fondlarini saqlash: yangi amaliyot va texnologiyalar” mavzusidagi trening boshlandi


O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida Madaniyat vazirligi va YuNESKOning mamlakatdagi vakolatxonasi tashkillagan “XXI asrda muzey fondlarini saqlash: yangi amaliyot va texnologiyalar” mavzusidagi amaliy trening boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir mutasaddilari ma’lum qildi. 

Trening 1977-yildan beri har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida nishonlanab kelinayotgan xalqaro Muzeylar kuni munosabati bilan tashkil etildi. Mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirda vazirlik va madaniyat muassasalari, muzey fondlari vakillari ishtirok etmoqda. 

Tadbir davomida muzeylarda ilg‘or amaliyot va standartlardan foydalanish, eksponatlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va manbalarni saqlash, muzey kolleksiyalari konservatsiyasi va restavratsiyasining ahamiyati masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. 

Trening muzey ishlari va madaniy siyosat bo‘yicha YuNESKO eksperti Styuart Gibson (AQSh) tomonidan o‘tkaziladi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 17:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют