» » Misrda tug‘ilish sur’atlari ustidan nazorat o‘rnatiladi

Misrda tug‘ilish sur’atlari ustidan nazorat o‘rnatiladi


Misr hukumati tug‘ilish sur’atlari ustidan nazorat dasturini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy mahalliy OAVlar bosh muharrirlariga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Hukumat aholi o‘sishini nazorat qilish uchun dastur, tadqiqot va qonunlarni o‘rganishga kirishdi. Tug‘ilayotgan chaqaloqlar soni yiliga 2,5 millionga yetganidan so‘ng bunga majbur bo‘ldik. Aholining bunday o‘sish sur’atlari Xitoyga nisbatan 3 barobar ko‘p”, — deya ta’kidladi davlat rahbari. 

Misr bosh vaziri Sharif Ismoil oilalarni ikki farzand bilan kifoyalanishga chaqirdi. Uning bildirishicha, mamlakat bugungi kunda duch kelayotgan asosiy muammolardan biri ham qishloq xo‘jaligi maydonlari cheklangani holda aholi soni oshib borayotganidir.

Misr aholi masalalari milliy kengashi eksperti Tariq Tovfiqqa ko‘ra, mamlakat aholisi soni 2030-yilga kelib 140 million kishiga yetishi mumkin. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют