» » TIVda Finlyandiya elchisi bilan O‘zbekiston—Finlyandiya uchrashuvlari jadvali ko‘rib chiqildi

TIVda Finlyandiya elchisi bilan O‘zbekiston—Finlyandiya uchrashuvlari jadvali ko‘rib chiqildi


18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Finlyandiya Respublikasinining favqulodda va muxtor elchisi Niklas Lindkvist (qarorgohi Xelsinki shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Elchi 2017-yil 17-may kuni Toshkent shahrida ochilgan “O‘zbekiston neft va gazi – Global Oil&Gas Uzbekistan/OGU 2017” 21-xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasidagi ishtiroki va “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasida o‘tkazilgan muzokaralar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, mamlakatda qabul qilingan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘zaro munosabatlarni savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalarda yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Muzokaralarda bo‘lajak O‘zbekiston—Finlyandiya uchrashuvlari jadvali ham ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют