» » Shimoliy Koreya matbuoti mo‘l-ko‘l hosilni yadro bombasiga taqqosladi

Shimoliy Koreya matbuoti mo‘l-ko‘l hosilni yadro bombasiga taqqosladi


Shimoliy Koreya matbuoti mamlakat aholisini bahorgi dala ishlarini sifatli yakunlash yo‘lidagi jonbozlikka chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Markaziy “Nodon sinmun” gazetasining bildirishicha, “dalalarda sholi ekishni muvaffaqiyatli yakunlanishi Qo‘shma Shtatlar va ularning vassallarini respublikani sanksiyalar va qamal yordamida bo‘g‘ish harakatlarini chippakka chiqarishga qaratilgan hayot-mamot jangi”dir. 

“Sivilizatsiyalashgan va baxtli hayotni o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlashga erishishsiz tasavvur etish qiyin. Mo‘l-ko‘l hosilni mamlakatimiz dushmanlariga qudratli zarba berishga qodir yadro bombasiga taqqoslash mumkin”, — deya ta’kidladi gazeta.

Hozirda KXDR hukumati ehtimoliy qurg‘oqchilik oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Asosiy e’tibor mamlakatning aprelda va may oyi boshlarida minimal darajada yog‘ingarchilik qayd etilgan hududlariga qaratilgan. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют